USD 12875.06
EUR 13406.80
RUB 124.75

COVID-19

Коронавирус COVID-19 Ўзбекистонда

Инфекцияланганлар

Соғайганлар

Вафот этганлар

Article

Toshkentda 2,5 yoshli bolani urib o‘ldirib qo‘ygan Milliy gvardiya xodimi 19 yilga qamaldi

Toshkentda 2,5 yoshli bolakayni urib o‘ldirib qo‘ygan Milliy gvardiya xodimi 19 yilga qamaldi. Bu haqda jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi raisi o‘rinbosari Akbarali Turobovga tayanib, “Xabar.uz” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, bolakayni onasi ishlash uchun Turkiyaga ketgan, otasi esa ona-bolani tashlab ketgan. Ishlash uchun ketgan onaning farzandiga dastlab enaga qarab kelgan, keyinchalik esa ayrim sabablarga ko‘ra, bolakayga ayolning opasi, ya’ni xolasi ma’lum miqdordagi pul evaziga qaraydigan bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, opaning turmush o‘rtog‘i Milliy gvardiya xodimi bo‘lib, erkakning ichib kelgan vaqtida xotinini do‘pposlaydigan odati bo‘lgan, bundan qo‘rqib ketgan Samir (singlisining o‘g‘li) ishtonini ho‘l qilib qo‘yadigan darajaga yetgan. Bu esa xolasining eriga qo‘l kelib, u bolakayni ham kaltaklaydigan odat chiqargan.

Erkak mast kelgan kunlarining birida Samirni urib, tepib, uni o‘ldirib qo‘ygan. Er xotiniga bolakay zinadan yiqilib tushib, vafot etganini aytishni buyurgan. Ayol noiloj bolakayning murdasi bilan qishlog‘iga yo‘l olgan.

Biroq murdani ko‘mish uchun o‘lim guvohnomasi kerak, guvohnomani esa shifokor berishi lozim. Murdani qishloq feldsheri ko‘rib, zinadan yiqilib o‘lganiga shubha qilganidan so‘ng vaziyat biroz oydinlashgan. Bundan hushyor tortgan Samirning buvisi (ona tomonidan) ichki ishlar organiga qo‘ng‘iroq qilganidan so‘ng, go‘dakning murdasi ekspertizaga yuborilgan. Ekspertlar esa bola tili tortilib emas, yetkazilgan tan jarohatlari oqibatida vafot etganini tasdiqlagan.

Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining ikkita — 97-modda 2-qismining “v,j” bandlari (Ojiz ahvoldagi shaxsni o‘ta shafqatsizlik bilan o‘ldirish) hamda 110-modda 2-qismining “a,v” bandlari (Voyaga yetmagan bolani muttasil ravishda qiynab, do‘pposlash) aybdor deb topilib, 19 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

 

Доимо хабардор бўлинг

Барча янгиликлар сизнинг смартфонингизда Мобил иловамизни юклаб олинг