USD 12689.97
EUR 13557.96
RUB 137.20

COVID-19

Коронавирус COVID-19 Ўзбекистонда

Инфекцияланганлар

Соғайганлар

Вафот этганлар

Article

Buxoro viloyati hokimi Karim Kamolovda koronavirus aniqlangan

Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolovda koronavirus aniqlangan. Bu ma’lumotni AOKA shtabida o‘tkazilgan matbuot antumanida Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibullo Oqilov va Respublika ixtisoslashtirilgan Endokrionologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Anvar Alimov tasdiqladi.

Anjumanda jurnalistlar tomonidan O‘tkam Barnoyevning koronavirusga chalingani haqidagi ma’lumot qanchalik rostligi va bu ma’lumotlarni shifokorlar tasdiqlay olish-olmasligi haqida savol berildi.

Shifokorlar bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyevning koronavirusga chalingani haqidagi savolni tasdiqlab turib, keyin Buxoro viloyati hokimining koronavirus yuqtirib olgani haqida gapirdi.

“Tasdiqlay olamiz. Hozir bemor koronavirus bilan kasallangan”, — dedi Anvar Alimov.

“Hozirgi kunda Qoraqalpog‘istonda Musa Tajetdinovich, Surxondaryo va Buxoro hokimlari haqiqatdan davolanishda”, — dedi Habibulla Oqilov.

Ma’lumot uchun, O‘tkam Barnoyev 2020-yil fevral oyidan buyon O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari hisoblanadi. Ungacha Barnoyev Buxoro viloyati hokimi bo‘lgan. Hozirda Karim Kamolov Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlamoqda.

Shifokorlarning so‘zlaridan so‘ng ko‘plab internet-nashrlar va Telegram kanallar bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyevning koronavirusga chalingani haqida xabar berishni boshladi.

Tadbirdan so‘ng “Daryo” muxbiri matbuot anjumani ishtirokchilaridan koronavirusga chalingan O‘ktam Barnoyev yoki Karim Kamolov ekanligi haqida aniqlashtiruvchi savol berdi. Shifokorlar Buxoro viloyati hokimi Karim Kamolov kasallikka chalinganini aytdi. Biroq matbuot anjumani ishtirokchilari O‘tkam Barnoyev bo‘yicha aniq javob bera olmadi.

 

Eslatib o‘tamiz, 18-iyul kuni Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, senator Musa Yerniyazov va Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovning koronavirus yuqtirib olgani haqida xabar berilgandi. Yerniyazov Nukusda, Bobolov esa Toshkentda davolanayotgani va ularning ahvoli barqaror ekanligi ham ma’lum qilingan. 30-iyul kuni AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Musa Yerniyazovning ahvoli og‘ir, u sun’iy nafas olish apparatiga ulangani ma’lum qilindi.

 

Доимо хабардор бўлинг

Барча янгиликлар сизнинг смартфонингизда Мобил иловамизни юклаб олинг