USD 12855.93
EUR 13570.72
RUB 128.16

COVID-19

Коронавирус COVID-19 Ўзбекистонда

Инфекцияланганлар

Соғайганлар

Вафот этганлар

Article

Jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashgan buyuk siymolarimiz Mahmudhoʻja Behbudiy 

 

 Mahmudho'ja Behbudiy 1875 yil Samarqandda dunyoga keladi. M.Behbudiy  dramaturg, din va jamoat arbobi, jadidchilik harakati yetakchilaridan biri bo'lgan. Yassaviy avlodidan. 18 yoshidan qozixonada mirzalik qiladi, qozi, mufti darajasiga koʻtariladi. Behbudiy haj safarida boʻlgan chogʻida Arabiston, Misr, Turkiyani kezib chiqqan (1899–1900). Sayohat davomida yangi maktab (usuli jadid) ochish fikri mustahkamlanib bordi. Samarqand yaqinidagi Halvoyi qishlogʻida Ajziy, Rajabaminda Abdulqodir Shakuriylar bilan hamkorlikda yangi maktab ochadi. Behbudiy Qozon va Ufaga borib (1903–1904), u yerdagi yangi usul maktablari bilan tanishadi, tatar ziyolilari bilan aloqani yoʻlga qoʻyadi. Yangi maktablar uchun darsliklar tuzishga kirishadi.

Mahmudho'ja Behbudiyning yozgan asarlaridan eng mashhuri„Padarkush“ dramasi hisoblanadi.

M.Behbudiy 1914-yilda „Samarqand“ gazetasini chiqaradi. Gazeta oʻzbek va tojik tillarida, haftada 2 marta chop etildi. 45-soni chiqqach, moddiy tanqislik tufayli nashr toʻxtadi. Shu yil 20-avgustdan u „Oyna“ jurnali chiqara boshladi. Haftalik, suratli bu jurnal asosan oʻzbekcha boʻlib, sheʼr, maqola (forscha), eʼlonlar (ruscha) ham berib borildi. Jurnal Kavkaz, Tatariston, Eron, Afgʻoniston, Hindiston, Turkiyagacha tarqaldi. Behbudiy kitob nashrini ham yoʻlga qoʻyadi. Fitratning „Bayonoti sayyohi hindi“sini ruschaga tarjima qildirib bostirdi (1913).

Behbudiy ijtimoiy-siyosiy ishlarga qizgʻin qoʻshildi. Aslida bu faoliyat 1906-yildan boshlangan. Shu yili „Rusiya musulmonlari ittifoqi“ning Nijniy Novgorodda oʻtkazilgan qurultoyida qatnashgan edi. Toshkentda boʻlib oʻtgan (1917) Turkiston musulmonlarining qurultoyida ishtirok etib, nutq soʻzladi. U musulmonlar orasidagi har qanday ixtilofga qarshi chiqdi. Behbudiy shu qurultoyda oʻlka musulmonlar shoʻrosining raisi etib saylandi. 1917-yil 26-noyabrda Behbudiyda Qoʻqonda oʻlka musulmonlarining 4-favqulodda qurultoyi ish boshladi. 27-noyabrga oʻtar kechasi „Turkiston muxtoriyati“ eʼlon qilindi. Uning gʻoyaviy asoschilaridan biri Behbudiy edi. Muxtoriyat shoʻrolar tomonidan vahshiyona bostirildi. Behbudiy may oyining boshlarida Samarqandga qaytadi. U yerda koʻp tura olmay Toshkentga keladi. Turkiston shoʻrolar hukumati rahbarlari bilan muzokara olib borishga urinadi, ammo natija chiqmaydi. 1919-yilning erta bahorida mamlakatdan chiqib ketayotganida ShahrisabzdaInqilobiy favqulodda komissiya aygʻoqchilari koʻmagida Buxoro amirligi odamlari tomonidan qoʻlga olinadi, hamrohlari Muhammadqul va Mardonqul bilan birgalikda Qarshida zindongatashlanadi va qatl qilinadi. Bu voqea Samarqandda bir yildan keyin maʼlum boʻladi. Fitrat, Choʻlpon, Ayniy va boshqa shoirlar Behbudiyga atab marsiyalar yozganlar. Qarshi shahri 1926–1937-yillar davomida Behbudiy nomi bilan atalgan.

Mahmudho'ja Behbudiyning qilgan ishlari hozirgi kungi yoshlarni ma'naviyati hamda dunyoqarashlarini kengaytirishga yordam berib kelmoqda.

 

Maqolani tayyorladi:  Uzbek24.uz web sayti rahbari A.Xoliqov

 

Доимо хабардор бўлинг

Барча янгиликлар сизнинг смартфонингизда Мобил иловамизни юклаб олинг