Superliga qaytmoqda
Uzoq tanaffusdan so'ng o'zbek muhlislarini sog'intirgan Superliga bahslariga yaqin kunlarda yana qaytadan start beriladi.Mundial sabab O'zbekiston superligasi o'yinlari 11 turni yakunlab, 60 kundan oshiqroq vaqtga cho'zilgan katta tanafusga chiqishdi.Superliganing 12 tur bahslari joriy yilning 16 iyul sanasidan boshlanishi belgilandi.
Mazkur turda 16-iyul sanasida Neftchi-Buxoro, Bunyodkor-Nasaf, Sug'diyona-Xorazm to'qnash kelsa, maydoni yangilanib foydalanishga topshirilgan markaziy Navbahor o'yingohida minglab muhlislarning ko'z o'ngida Namanganning Navbahor klubi Toshkent viloyatining AGMK klubini qabul qiladi.Hozirgacha Superliga bahslarida 11 turgacha biror ochko jamlay olmagan turnir autsayderi Qashqadaryoning Mash'al klubi 3 ochko ilinjida yana bir vodiy klubi Qo'qon 1912 jamoasini mehmon qiladi.
Sherlar bu turda Toshkentning Lokomotiv klubini qabul qilsalar, 18-iyul sanasida Navoiyning Qizilqum klubi Samarqandning Dinamosini mehmon qiladi.Turning so'ngi o'yini Andijonda bo'lib o'tadi.Andijon klubi Surhon jamoasini mehmon qiladi.Barcha superliga bahslarini so'g'ingan futbol muhlislarini o'yingohlarimizda murosasiz to'qnashuvlarni jonli maydonda ko'rishga chorlab qolamiz.
Maqola muallifi: uzbek24.uz muxbiri A.Xoliqov


