USD 11903.15
EUR 13329.15
RUB 146.75

COVID-19

Коронавирус COVID-19 Ўзбекистонда

Инфекцияланганлар

Соғайганлар

Вафот этганлар

Article

O'zbekiston kubogi yarim final juftliklari ma'lum

         Kuni kecha O'zbekiston kubogi chorak final uchrashuvlari bo'lib o'tdi.Mazkur bahslarda Farg'onaning  Neftchi klubi Toshkentning  Lokomativ klubini o'z maydonida qabul qilib,kutilmaganda 2:4 hisobida imkoniyatni boy berdi va kubok bahslaridagi  o'z yurishini to'xtatdi.Keyingi to'qnashuv Olmaliqda OGMK klubi birinchi liga ishtirokchisi  Sirdaryoning Guliston klubini 2:0 hisobida ishonchli tarzda mag'lubiyatga uchratib,yarim final bahslariga yo'l oldi.Jizzaxning So'diyona klubi yana bir vodiy klubi Andijonni mehmon qilib, 1-2 hisobida mag'lubiyatga uchradi.So'nggi chorak final bahsi Namangandagi markaziy o'yingohda o'tkazilib, Navbahor klubi Toshkent viloyatining G'azalkent klubini qabul qilib 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
         Natijada O'zbekiston kubogi yarim final bahslarida Lokomativ-Andijon va OGMK va Navbahor klublari to'qnashuvlariga guvoh bo'lamiz.Mazkur uchrashuvlar noyabr oyining 4 haftaligida o'tkazilishi rejalashtirilgan.  
 
 

Доимо хабардор бўлинг

Барча янгиликлар сизнинг смартфонингизда Мобил иловамизни юклаб олинг