Navbahor: Yangi mavsumga tayyorgarlik avjida
Xabar berganimizdek, “Navbahor” Turkiyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasidagi navbatdagi xalqaro o‘rtoqlik bahsini bugun Rossiyaning “Rubin” (Qozon) jamoasiga qarshi o‘tkazdi. Har ikki jamoa murabbiylari kelishuviga muvofiq, mazkur uchrashuv bo‘limlari 60 daqiqadan etib belgilandi. Ushbu o‘yinda qozonliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Gollarga uchrashuvning 37-daqiqasida Enri Mukba, 101-daqiqasida esa "Rubin"ning fransiyalik hujumchisi Jak Sivelar mualliflik qilishdi.
"Lochinlar" navbatdagi o‘rtoqlik bahslarini 12 fevral kuni Qozog‘istonning "Aktobe" (Aktobe) va Rossiyaning "Baltika" (Baltika) jamoalariga qarshi o‘tkazishadi.


