USD 12265.77
EUR 14492.01
RUB 159.07

COVID-19

Коронавирус COVID-19 Ўзбекистонда

Инфекцияланганлар

Соғайганлар

Вафот этганлар

Article

Liga media jamoasi a’zosi bo‘lishni istaysizmi?

      O‘zbekiston Professional futbol ligasi yaqinlashib kelayotgan 2026-yilgi futbol mavsumiga har jihatdan puxta tayyorgarlik ko‘rishda davom etmoqda. Tarixiy jahon kubogi yilida bo‘lib o‘tadigan ushbu mavsum oldingilaridan ham esda qolarli va qizg‘in o‘tishi shak-shubhasiz.  

     Ma’lumki, futbol uchrashuvining tomoshabopligi uni qay tahlid yoritishga ham bog‘liq. Shunday ekan, Liga Media bo‘limi tarkibini yana bir iqtidorli videomontajchi bilan to‘ldirishni maqsad qilgan. Bu o‘rin uchun talabgorlar ko‘pligidan kelib chiqib, ushbu jarayonni ochiq tanlov ko‘rinishida o‘tkazishni ma’qul deb bilamiz. Liga talabgordan Premiere Pro, After Effects kabi dasturlarda ishlay olish va sun'iy idrokdan foydalanishni talab qiladi. Bundan tashqari, futbolga xos dinamik videolarni suratga ola bilish qobiliyati nomzodga ustunlik beradi.

     Talabgorlardan ushbu manzil (https://t.me/pfl_hrbot) orqali ro’yxatdan o’tishlari so‘raladi. Liga saralab olingan talabgorlarga aloqaga chiqib, kelgusi bosqichlar xususida alohida ma’lumot taqdim etadi.  Bu aynan sizning imkoniyatingiz bo‘lishi mumkin!

 

Manba:            UzPFL

 

Доимо хабардор бўлинг

Барча янгиликлар сизнинг смартфонингизда Мобил иловамизни юклаб олинг