O‘zbekistonda koronavus kasalligidan vafot etganlar soni 38 nafarga yetdi
Xabarda qayd etilishicha, Samarqand viloyati Urgut tumanida yashovchi 61 yoshli O.N. 2020-yil 27-iyun kuni koronavirusga chalingan bemor bilan birlamchi muloqotda bo‘lganligi sababli viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan va davo muolajalari boshlangan.
Unga COVID-19 infeksiyasi og‘ir kechishi tashxisi qo‘yilgan. Kasallik ikki tomonlama pnevmoniya, o‘tkir nafas yetishmovchiligining 3-darajasi asorati bilan kechgan. Bemor bundan avval surunkali buyrak yetishmovchiligi, gipertoniya kasalligi, yurak ishemik kasalligi, o‘tkir miokard infarkti bilan ham og‘rigan.
Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli Sog‘liqni saqlash vazirligi, Samarqand davlat tibbiyot instituti mutaxassislari tomonidan onlayn konsultatsiyalar o‘tkazilib, doimiy nazoratga olingan. Biroq shifokorlarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.
Bungacha O‘zbekistonda 37 kishi koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida:
27-mart kuni Namangan viloyatida Umradan qaytgan qizidan koronavirus yuqtirib olgan 72 yoshli onaxon miokard infarktidan (uning janozasida qarindoshlaridan hech kim ishtirok etmagan);
28-mart kuni Toshkent shahrida o‘zini uyda davolashga uringan 39 yoshli (erkak) shifokor koronavirus infeksiyasidan;
7-aprel kuni Toshkentda koronavirusga chalingan chirchiqlik 40 yoshli Sh. ismli erkak yurak va o‘pka yetishmovchiligidan;
11-aprel kuni xorij safaridan koronavirusga chalinib qaytgan farg‘onalik 59 yoshli N. ismli ayol o‘tkir respirator distress sindrom, o‘tkir nafas yetishmovchiligi hamda o‘pka-yurak yetishmovchiligi oqibatida;
18-aprel kuni Toshkent shahrida 77 yoshli A. ismli ayol koronavirus infeksiyasi asoratlari — ikki tomonlama bronxopnevmoniyaning og‘ir kechishi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi va o‘pka shishidan;
21-aprel kuni Namangan shahrida yashagan 73 yoshli Sh. ismli erkak yurak-qon tomir yetishmovchiligidan;
22-aprel kuni Namangan shahrida yashagan 54 yoshli G. ismli ayol o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan;
24-aprel kuni Toshkentda angrenlik F. ismli ayol o‘tkir nafas, o‘pka-yurak va poliorgan yetishmovchiligidan;
29-aprel kuni Toshkentda 61 yoshli G. ismli bemor o‘tkir respirator distress sindrom, o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘pka-yurak yetishmovchiligidan;
3-may kuni Namanganda M. ismli erkak o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan;
13-may kuni Samarqandda koronavirusga chalingan O‘. ismli ikkinchi guruh nogironi o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan;
17-may kuni koronavirusga chalingani Surxondaryoda aniqlangan sirdaryolik I. ismli haydovchi yurak-qon tomir va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan;
18-may kuni Toshkentda samarqandlik I. ismli bemor yurak-qon tomir va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan;
26-may kuni Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida yashagan va koronavirusga chalingan 63 yoshli bemor o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan
31-may kuni Toshkent shahrida istiqomat qilgan va koronavirusga chalingan 63 yoshli X. ismli ayol bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi, o‘pka-yurak yetishmovchiligidan;
3-iyun kuni Toshkent shahrida istiqomat qilgan va koronavirusga chalingan 72 yoshli M. ismli erkak o‘pka-yurak yetishmovchiligi, bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishidan;
6-iyun kuni Toshkent shahrida istiqomat qilgan va koronavirusga chalingan 70 yoshli Sh. ismli erkak miya shishi, o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan;
8-iyun kuni Toshkentda koronavirusga chalingan 76 yoshli X. ismli erkak o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan;
10-iyun kuni Toshkentga Sankt-Peterburgdan charter reysda kelgan samarqandlik A. ismli erkak o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan;
25-iyun kuni Denov shahrida yashagan 59 yoshli B.X. ismli ayol yurak-qon tomir va o‘pka yetishmovchiligidan (ushbu bemor 20-iyunda vafot etgani haqida Denov tumani hokimi 21-iyun kuni ma’lum qilgandi);
28-iyun kuni Yuqori Chirchiqdagi karantin zonasida koronavirus yuqtirib olgan toshkentlik 52 yoshli A.U. ismli shifokor miokard infarkti, o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan (ushbu bemor 26-iyun kuni vafot etgan);
28-iyun kuni Toshkentda 42 yoshli D.X. ismli erkak bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi, o‘tkir nafas va o‘pka-yurak yetishmovchiligidan;.
29-iyun kuni Buxoroda 58 yoshli M.S. ismli ayol o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan;
29-iyun kuni Jizzax viloyatida 72 yoshli Q.R. ismli erkak o‘tkir miokard infarkti, yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan
30-iyun kuni Jizzax viloyatida 70 yoshli F.O. ismli ayol o‘tkir miokard infarkti, yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan;
30-iyun kuni Toshkentda qoraqalpog‘istonlik 62 yoshli B.Y. ismli erkak o‘pka va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan
1-iyul kuni Qashqadaryoda 64 yoshli S.H. ismli erkak o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan (u 29-iyun kuni olamdan o‘tgan);
3-iyul kuni Toshkentda 59 yoshli G‘.B. ismli erkak o‘tkir yurak-qon tomir va o‘pka yetishmovchiligidan (u 2-iyul kuni olamdan o‘tgan);
3-iyul kuni Toshkentda saraton kasalligidan davolanib kelgan 77 yoshli ayol o‘tkir yurak-qon tomir va o‘pka yetishmovchiligidan (u 2-iyul kuni olamdan o‘tgan);
4-iyul kuni Toshkentda 65 yoshli erkak V.M. o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi, o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligidan (u 3-iyul kuni vafot etgan);
4-iyul kuni Buxoroda 35 yoshli D.Sh. o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligidan (u 3-iyul kuni vafot etgan);
5-iyul kuni Toshkentda 71 yoshli M.G. ismli ayol o‘tkir yurak-qon tomir va o‘pka yetishmovchiligidan;
5-iyul kuni Toshkentda 45 yoshli Z. ismli erkak o‘tkir yurak-qon tomir va o‘pka yetishmovchiligidan;
5-iyul kuni Toshkentda 49 yoshli N.U. ismli ayol ikki tomonlama pnevmoniya, o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan;
6-iyul kuni Toshkentda 67 yoshli L.M. ismli erkak o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan;
6-iyul kuni Toshkentda 43 yoshli A. ismli erkak o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan;
6-iyun kuni Toshkentda 86 yoshli Z.R. ismli ayol miya shishi, o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etgani xabar qilingan edi.