Endi navbat Andijonga!
O‘zbekiston superligasi 3-turidan o‘rin olgan Navbahor-Andijon uchrashuvi joriy yilning 29-mart kuni Namangandagi Markaziy o‘yingohda bo‘lib o‘tadi. Vodiy derbisida ajoyib formaga kirib borayotgan sevimli Navbahor jamoamiz qo‘shni Andijon klubini qabul qiladi.Jamoalarning nomlaridan ko‘rinib turibdiki,qarama qarshiliklar nafaqat maydonda balki muhlislar o‘rtasida ham bo‘lishi turgan gap.Ikki jamoaning ham o‘ziga hos fan klubi va ashaddiy muhlislari yetarlicha. Shunday ekan barchangizni vodiy derbisini jonli maydonda tomosha qilishga chorlab qolamiz.