Navbahordan irodali g‘alaba!
Kecha Namanganning Markaziy Navbahor o‘yingohida Superliga 22-turining navbatdagi bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar turnir autsayderi bo‘lib kelayotgan Bekabodning Metallurg klubini qabul qilishdi. Bir o‘yinchi kam bo‘lib o‘yinni davom ettirgan mezbonlar yakunda Yovan Jokichning goli evaziga minimal hisob bilan ustun kelishdi.
O‘yindan keyin ikkala jamoa murabbiylari bilan matbuot anjumani tashkil etildi. Birinchi bo‘lib mehmonlar ustozi Grigoriy Kolosovskiy yig‘ilgan ommaviy axborot vositalari vakillari savollariga javob berib, Birinchi navbatda Metallurg jamoasi vaziyatlardan foydalana olmagani va keyingi o‘yinlarlarda ijobiy natija uchun o‘yinchilarni tayyorlashini ta'kidlab o‘tdi.
Undan so‘ng mezbonlar jamoasi bosh murabbiyi Sergey Lushchan jurnalistlar savoliga javob berdi va jamoasi qiyin o‘yinda g‘alaba qozongani, vaziyatlardan jamoa foydalansa har uchrashuvda ijobiy natija ko‘rsatishini ta'kidlab o‘tdi.
Navbahor navbatdagi uchrashuvni safarda 2-noyabr sanasida Olimpikga qarshi o‘tkazadi.