Osiyo Chempionlsr ligasi guruh bosqichiga 24-avgust kuni qur'a tashlanadi
2016-yildan buyon ilk bora Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini 4 ta klublarimiz himoya qilishadi.
24-avgust kuni soat 13:00 da OFK bosh qarorgohida Chempionlar ligasining yangi mavsumiga qur'a tashlanadi.
Qur'ada “Paxtakor” 1-savatdan, “Nasaf” 2-savatdan joy oladi. Shuningdek, saralash orqali musobaqaga qo‘shilgan “Navbahor” hamda “OKMK” jamoalari 4-savatdan o‘rin egallaydigan bo‘ldi.
Guruh bosqichlaridagi o‘yinlarda barcha o‘zbek klublarimizga omad tilaymiz.