USD 11320.02
EUR 12334.29
RUB 164.02

COVID-19

Коронавирус COVID-19 Ўзбекистонда

Инфекцияланганлар

Соғайганлар

Вафот этганлар

Article

Ukrainada asirlikdagi rus harbiylari o‘ldirilgani aks etgan videoning haqiqiylik ehtimoli yuqori — BMT

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Folker Turk ukrainalik harbiylar tomonidan asirlikdagi rus askarlari “o‘ldirilgani” aks videolar haqiqiy bo‘lishi mumkinligini aytdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Jenevada 25-noyabr kuni e’lon qilingan bayonotda BMTning Ukrainadagi inson huquqlari sohasidagi monitoring missiyasi shunday xulosaga kelgan.
“Kadrlar haqiqiy bo’lishi ehtimoli katta. BMT voqeani aniqlashga yordam berish uchun mustaqil va batafsil sud-tibbiy ekspertiza zarurligini ta’kidlaydi. Ukraina rasmiylari mazkur hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atganidan xabardormiz”, — deydi Folker Turk.
U tomonlarni “harbiylarga qasos olmaslik, asirga olganlarni qatag‘on qilmaslik va bu ko‘rsatmalar to‘liq bajarilishini ta’minlash kerakligi haqida aniq ko‘rsatmalar berishga” chaqirdi. Oliy komissar mahbuslarga insonparvar munosabatda bo‘lish talabi Jeneva konvensiyalarida belgilab qo‘yilganini eslatdi.

Доимо хабардор бўлинг

Барча янгиликлар сизнинг смартфонингизда Мобил иловамизни юклаб олинг