Amir Temur xiyobonidagi janjal bo‘yicha rasmiy munosabat bildirildi
Shanba, 17:21
Amir Temur xiyobonidagi janjal bo‘yicha rasmiy munosabat bildirildi
Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar Amir Temur xiyobonida o‘zaro janjallashayotgani aks etgan video tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB quyidagilarni ma’lum qildi.
"Joriy yilning 26 avgust kuni taxminan soat 20.30 larda Mirzo Ulug‘bek tumani, O‘zbekiston ovozi ko‘chasidagi avtoyuvish shahobchasi oldida fuqarolar 2003 yilda tug‘ilgan T.T. va voyaga yetmagan 2006 yilda tug‘ilgan A.A. o‘zaro og‘zaki janjallashgan. Shu yerda bo‘lgan boshqa fuqarolar ularni ajratgan. Janjal natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda" - deyiladi Toshkent shahar IIBB xabarida.