Namanganda muqaddam sudlangan 21 yoshli ayol fuqarolarning xorijdagi o‘qishini ko‘chirib berish uchun 15,5 ming dollar olgani aniqlandi
Namanganda muqaddam sudlangan 21 yoshli ayol fuqarolarning xorijdagi o‘qishini ko‘chirib berish uchun 15,5 ming dollar olgani aniqlandi
Namangan viloyatida o‘qishini ko‘chirib berishini aytib, bir necha talabani chuv tushirgan ayol ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.Qayd etilishicha, 2022-yil 17-mart kuni Norin tumanida yashovchi Qirg‘izistonning O‘sh davlat universiteti 2-bosqich talabasi bo‘lgan ayol (1987-yilda tug‘ilgan) ariza bilan murojaat qilgan. U 2021-yil sentabr va oktabr oylarida Andijon viloyatida yashovchi muqaddam sudlangan ayol (2001-yilda tug‘ilgan) uning ishonchiga kirib, o‘zi va bir necha sheriklarini o‘qishini O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirib berishni aytganini ma’lum qilgan. Ayol jami 15,500 dollarni olib, ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan. Fuqaro unga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan.