O‘zbekistonning qaysi hududlarida elektr energiyasi tiklangani ma’lum qilindi
Energetika vazirligi 25-yanvar, soat 19:30 holatiga ko‘ra, respublika hududlarida elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq holat yuzasidan qo‘shimcha ma'lumot berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — elektr ta’minoti to‘liq tiklangan;
Andijon viloyati — Andijon shahar 35 foiz, Xonabod 100 foiz, mavjud, asosiy tibbiyot muassasalari elektr ta’minotiga ulangan;
Buxoro viloyati — Olot, Qorako‘l, Qorovulbozor va Peshku tumanlarida to‘liq, Vobkent tumanida 20 foiz, Romitan tumanida esa 40 foiz elektr ta’minoti tiklandi;
Jizzax viloyati — hozircha viloyatning 10–15 foizi elektr ta’minoti bilan ta’minlandi;
Qashqadaryo viloyati — to‘liq elektr ta’minotidan uzilgan, tiklash-sozlash ishlari olib borilmoqda;
Navoiy viloyati — Navoiy shahrida 60 foiz, Karmana tumanida 55 foiz, Navbahor tumanida 40 foiz, Konimex tumanida 35 foiz va Nurota tumanida 70 foiz iste’molchilarda elektr ta’minoti tiklandi;
Namangan viloyati — hozircha qisman tibbiyot muassasalari hamda suv ta’minoti korxonalari elektr ta’minotiga ulangan;
Samarqand viloyati — Samarqand shahrida 45 foiz, Samarqand tumani 15 foiz, Paxtachi tumanida 100 foiz, Kattaqo‘rg‘on tumani va Kattaqo‘rg‘on shahri 8 foiz, Narpay va Past Darg‘om tumani 30 foiz elektr ta’minoti mavjud;
Surxondaryo viloyati — Denov, Sariosiyo, Uzun tumanlari va Denov shahri 100 foiz elektr ta’minoti mavjud. Oltinsoyda 70 foiz iste’molchilar tarmoqqa ulandi;
Sirdaryo viloyati — Guliston shahri 60 foiz, Yangiyer 60 foiz, Shirin shahri 100 foiz, Boyovut 30 foiz, Sayxunobod tumani 20 foiz, Guliston tumani 20 foiz, Mirzaobod tumani 10 foiz, Xovos tumani 50 foiz elektr tarmog‘iga ulandi;
Toshkent viloyati — Olmaliq shahar 70 foiz, Angren shahar 50 foiz, Chirchiq 70 foiz, Ohangaron shahar 100 foiz, Bo‘ka tumani 40 foiz, Bo‘stonlik 90 foiz, Qibray 70 foiz, Ohangaron tumani 80 foiz, Parkent 100 foiz, Toshkent tumani 60 foiz, Yuqori Chirchiq tumani 60 foiz iste’molchilar tarmoqqa ulandi;
Farg‘ona viloyati — Farg‘ona shahri 50 foiz, Qo‘qon shahri 5 foiz, Uchko‘prik tumani 40 foiz, O‘zbekiston tumani 20 foiz, Farg‘ona tumani 10 foiz, Dang‘ara tumani 40 foiz, So‘h tumani 100 foiz, qolgan hududlarda asosiy tibbiyot muassasalari elektr ta’minotiga ulangan;
Xorazm viloyati — elektr ta’minoti to‘liq tiklangan;
Toshkent shahri — Mirzo Ulug‘bek 100 foiz, Yunusobod 50 foiz, Shayxontohur 10 foiz, Olmazor 20 foiz, Yakkasaroy 10 foiz, Yashnobod 50 foiz, Mirobod 40 foiz va Sirg‘ali tumanida 10 foiz iste’molchilar tarmoqqa ulandi.