USD 12844.21
EUR 13508.26
RUB 127.35

COVID-19

Коронавирус COVID-19 Ўзбекистонда

Инфекцияланганлар

Соғайганлар

Вафот этганлар

Article

O‘zbekistondagi maktablarda qishki ta’til 1-martgacha uzaytirildimi?

O‘zbekistondagi maktablarda qishki ta’til 1-martgacha uzaytirildimi?

 

O‘zbekistondagi umumta’lim maktablarida qishki ta’til 1-martgacha uzaytirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Xalq ta’lim vazirligi matbuot xizmati bu xabarlarni rad etdi.

 

Vazirlik o‘quvchilarning qishki ta’til muddati 24-yanvarga qadar uzaytirilganini eslatgan va Xalq ta’limi vazirligiga doir barcha xabarlarni faqat vazirlikning rasmiy sahifasidan olish mumkinligini bildirgan.

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til 25-dekabrdan boshlangan edi. Ta’til 2022-yilning 10-yanvarigacha davom etishi va dars jarayonlari 11-yanvardan boshlanishi belgilangandi. Keyinroq oliy ta’lim muassasalarining talabalari, akademik litsey va hunar maktablari o‘quvchilari uchun qishki ta’til muddati 24-yanvargacha uzaytirildi. Bunga sabab qilib rektorlar, prorektorlar, dekanlar va moliya masalalariga mas’ullar uchun o‘z kasbiy mahoratini oshirish, yangicha tartibda ishlashni boshlash maqsadida 2022-yil 10—24-yanvar kunlari amaliy seminar-treninglar tashkil etilishi ko‘rsatilgan.

 

Keyinchalik maktablarda ham, xususiy ta’lim tashkilotlarida ham qishki ta’til 24-yanvargacha uzaytirildi.

Доимо хабардор бўлинг

Барча янгиликлар сизнинг смартфонингизда Мобил иловамизни юклаб олинг