Bir sutkada 369 kishida kasallik tasdiqlandi
O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq “vaziyat tobora murakkablashmoqda”. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lum qilindi.
Qayd etilishicha, 8-yanvar kuni mamlakat bo‘ylab 370 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Pandemiya boshidan buyon jami kasallanganlar soni 200 mingdan oshgan
2022-yil 8-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 200341 (+369) nafarni tashkil etmoqda. Yangi kasallanish holatlarining:
-
14 nafari Andijon viloyatida,
-
7 nafari Buxoro viloyatida,
-
15 nafari Jizzax viloyatida,
-
4 nafari Navoiy viloyatida,
-
6 nafari Namangan viloyatida,
-
42 nafari Samarqand viloyatida,
-
6 nafari Sirdaryo viloyatida,
-
1 nafari Surxondaryo viloyatida,
-
7 nafari Farg‘ona viloyatida,
-
16 nafari Xorazm viloyatida,
-
56 nafari Toshkent viloyatida,
-
195 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
8-yanvar kuni:
-
Andijon viloyatida 6 nafar,
-
Buxoro viloyatida 4 nafar,
-
Jizzax viloyatida 8 nafar,
-
Qashqadaryo viloyatida 1 nafar,
-
Namangan viloyatida 7 nafar,
-
Samarqand viloyatida 40 nafar,
-
Surxondaryo viloyatida 2 nafar,
-
Farg‘ona viloyatida 9 nafar,
-
Xorazm viloyatida 8 nafar,
-
Toshkent viloyatida 14 nafar,
-
Toshkent shahrida 22 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 197073 (+121) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1494 nafarni tashkil qildi.
Shu kunlarda dunyoda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yanada murakkablashmoqda. Xususan, COVID-19 ning yangi “omikron” shtammi qator mamlakatlarda jiddiy muammolarni yuzaga keltirmoqda. Buning ortidan esa ko‘plab davlatlar keskin karantin choralarini qo‘llashga majbur bo‘lmoqda