O‘zbekistonda 10 oy davomida sodir etilgan yo‘l harakati avtoxalokatidan necha kishi qurbon bo‘ldi?
O‘zbekistonda yil boshidan buyon 7681 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Ushbu YTHlar natijasida 1964 nafar kishi vafot etgan bo‘lsa, tan jarohati olganlar soni 6886 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda YHXBB xabar qildi.
Hududlar kesimi bo‘yicha eng ko‘p yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahrida (1023 ta) sodir bo‘lgan. Qayd etilishicha, ushbu davr ichida eng ko‘p YTHni (1613) 23-27 yoshli haydovchilar sodir etgan.
YTHlar natijasida 1268 nafar bolalar jabr ko‘rgan. Yo‘l-transport hodisasi sodir etgan haydovchilarning 202 nafari ayol 7479 nafari erkak kishilardir.
Qayd etilgan davrda eng ko‘p YTHlar haftaning asosan juma (1162), shanba (1142) va payshanba (1125) kunlarida sodir etilgan.
7681 ta YTHning 5187 tasi kunduzgi vaqtda, qolgan 2497 tasi esa tungi vaqtda sodir etilgan.