USD 12697.00
EUR 13547.70
RUB 135.05

COVID-19

Коронавирус COVID-19 Ўзбекистонда

Инфекцияланганлар

Соғайганлар

Вафот этганлар

Article

Afg‘onistonda “Tolibon”ga qarshi partizan urushlari boshlangani e’lon qilindi

Afg‘oniston sharqidagi Lag‘mon viloyatida qurollangan bir guruh shaxslar “Tolibon” harakatiga qarshi kurash boshlaganini e’lon qildi, deb xabar berdi “Interfaks”.
 

 

10-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarning afg‘on segmentida e’lon qilgan Milliy qarshilik frontini (MQF) qo‘llab-quvvatlash borasidagi videomurojaatda aytilishicha, qurolli guruh Ahmad Mas’ud boshchiligidagi MQFga qo‘shiladi.

 

“Mujohidlar va huquq hamda ozodlik kurashchilari mamlakatda adolatni ta’minlash va bosqinlarga yakun yasash maqsadida Lag‘mon viloyatida partizanlik harakatlari va janglarni boshladi”, — deyiladi murojaatda.

 

Avvalroq Kobuldagi qurolli guruh Milliy qarshilik frontini qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qilingandi.

 

Eslatib o‘tamiz, “Tolibon” harakati AQSh va NATO qo‘shinlari Afg‘onistondan olib chiqib ketilishi fonida mamlakatning deyarli barcha viloyatlarini jangsiz egallab oldi. 15-avgust kuni mamlakat poytaxti Kobulni jangsiz qo‘lga kiritgan, prezident Ashraf G‘ani va uning kabineti a’zolari qochib ketgandi.

 

Shundan so‘ng, ikki haftadan ortiq vaqt davomida toliblar taslim bo‘lmagan yagona viloyati — Panjsherni qo‘lga kiritish uchun janglar olib bordi. 6-sentabr kuni “Tolibon” vodiy egallanganini e'lon qildi. Biroq Milliy qarshilik fronti vakillari toliblar Pokiston aviatsiyasi yordamida Panjsherdagi asosiy darani egallaganini, viloyatning qolgan 23 darasi front nazorati ostida ekanini ma’lum qildi. Frontning ma’lumotlariga ko‘ra, Panjsher bilan bir vaqtda ular tomonidan Bog‘lon viloyatidagi Andarab vodiysida ham toliblarga qarshi qurolli qarshilik ko‘rsatilgan. Bundan oldin Parvon, Kapsi, Balx, Toxar va Badaxshon viloyatlaridagi qurolli guruhlar ham o‘zining MQFga qo‘shilgani e’lon qilgandi.

 

Avvalroq Afg‘oniston milliy qarshilik fronti yetakchisi Ahmad Mas’ud Emomali Rahmondan yordam so‘ragani, Emomali Rahmon afg‘onistonlik tojiklarni Afg‘oniston hukumatini tuzishda ishtirok etishga chaqirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

Доимо хабардор бўлинг

Барча янгиликлар сизнинг смартфонингизда Мобил иловамизни юклаб олинг