USD 12829.07
EUR 13344.80
RUB 124.91

COVID-19

Коронавирус COVID-19 Ўзбекистонда

Инфекцияланганлар

Соғайганлар

Вафот этганлар

Article

O‘zbekistonda 2021-yil 1-fevraldan oshiriladigan nafaqalar miqdori haqida ma’lumot berildi

O‘zbekiston Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ‘2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida’gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi, deya xabar qilmoqda Pensiya jamg‘armasi.

 

Unga ko‘ra, 2021-yil 1-fevraldan boshlab budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda stipendiyalar miqdori 1,1 barobarga oshiriladi.

Qarorga asosan 2021-yil 1-fevraldan boshlab O‘zbekiston hududida:

mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 747 300 so‘m;

 

bazaviy hisoblash miqdori – 245 000 so‘m;

 

bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa – 434 000 so‘m;

 

kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam – 326 000 dan 653 000 so‘mgacha.


14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa:

​bitta bolali oilalarga – 144 100 so‘m;

 

ikkita bolali oilalarga – 238 700 so‘m;

 

uchta va undan ortiq bolali oilalarga – 334 400 so‘m.


Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam – 434 000 dan 1 085 000 so‘mgacha oshirilishi belgilandi.

Bundan tashqari, 2021-yilning 1-fevralidan faxriy unvoniga ega pensionerlar uchun to‘lov miqdori qarorga asosan 1,1 barobarga oshirildi.

Pensiya jamg‘armasining ta’kidlashicha, pensiyalar koronakrizis paytida, aniqrog‘i, 2020-yilning 1-sentabridan oshirilgan. Lekin u paytda budjet xodimlari oyliklari oshishi muzlatib qo‘yilgandi.

Avvalroq jamg‘arma O‘zbekistonda 2020-yilda mingdan ortiq nogironligi bo‘lgan shaxsning nafaqasi o‘z vaqtida yetkazib berilmagani haqida xabar berdi. Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev 2021-yilda aholining minimal iste’mol xarajatlari e’lon qilinishi ma'lum qilingandi.

Доимо хабардор бўлинг

Барча янгиликлар сизнинг смартфонингизда Мобил иловамизни юклаб олинг