Toshkent shahar IIBB boshlig‘iga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Tursunov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Ma’lum qilinishicha, uning o‘rniga fevraldan buyon Qo‘qon IIO FMB boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan— Ichki ishlar vazirining jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha sobiq o‘rinbosari Muhiddin Jo‘rayev tayinlangan. U 2016—2018-yillarda Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i, 2014—2016-yillar davomida Mirzo Ulug‘bek tuman IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Ulug‘bek Tursunov (1967-yilda tug‘ilgan) 2017-yilning aprelidan buyon Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. U Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan. Ichki ishlar organlaridagi faoliyatini 1989-yilda Toshkent shahar IIBB tergov bo‘limining kichik inspektori sifatida boshlagan. Faoliyati davomida IIV tergov bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari va bo‘lim boshlig‘i, Yashnobod tumani IIB boshlig‘i va IIV inspeksiya guruhining bosh inspektori lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, mart,aprel,iyun vab sentyabr oyi boshlarida ham ichki ishlar tizimida bir qator tayinlov amalga oshirilgan edi.