USD 12632.22
EUR 13478.58
RUB 134.39

COVID-19

Коронавирус COVID-19 Ўзбекистонда

Инфекцияланганлар

Соғайганлар

Вафот этганлар

Article

O‘zbekistonda 1-sinf o‘quvchilariga “Prezident sovg‘asi” qachon topshirilishi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 1-sinf o‘quvchilariga “Prezident sovg‘asi” qachon topshirilishi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 1-sinf o‘quvchilariga 2020-yilgi “Prezident sovg‘asi” 14-sentabr kuni topshiriladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligiga tayanib O‘zA ma'lum qildi.

 

Maxsus komissiya qaroriga binoan, pandemiya sharoitini hisobga olib maktablarda yangi o‘quv yilining birinchi kuni 14-sentabr etib belgilandi. Xabarda aytilishicha, maktablarda ayni shu kuni 650 mingga yaqin o‘quvchiga “Prezident sovg‘asi” topshirilishi rejalashtirilgan.

1-sinf o‘quvchilariga beriladigan “Prezident sovg‘asi” tarkibidan 12 turdagi o‘quv qurollari, jumladan portfel, daftarlar, rasm daftari, akvarel bo‘yoqlari, rangli qog‘oz, qalamdon, sharikli ruchka, rangli va oddiy qalamlar, plastilin, yelim va o‘chirg‘ich o‘rin olgan.

Shuningdek, qayd etilishicha, “Prezident sovg‘asi” o‘qishning an’anaviy yoki masofaviy shaklini tanlaganidan qat’i nazar, barcha o‘quvchilarga beriladi. Bunda “Prezident sovg‘asi” masofaviy o‘qishni tanlagan 1-sinf o‘quvchilarining ota-onalariga topshiriladi.

O‘zbekistonda 7-sentabr kuni 6 oy deganda 329 ta maktab o‘quvchilar uchun o‘z eshiklarini ochdi. Xususan, Namangandagi 12 ta maktabda tajriba tariqasidagi ilk darslar boshlanadi. Yangi 2020/2021-o‘quv yili rasman 14-sentabrdan boshlanadi.

Доимо хабардор бўлинг

Барча янгиликлар сизнинг смартфонингизда Мобил иловамизни юклаб олинг