Rossiyada COVID-19’ga qarshi vaksina ishlab chiqargan markaz rahbari mamlakatda pandemiya qachon tugashi mumkinligini aytdi
Rossiyada ommaviy emlash tufayli koronavirus pandemiyasi 2021-yilning yoziga borib tugashi mumkin. “Izvestiya”ning xabar berishicha, bu haqda COVID-19’ga qarshi vaksina ishlab chiqargan Gamaleya nomidagi markaz rahbari Aleksandr Grinsburg ma’lum qildi.
Grinsburgning aytishicha, davlat yiliga 80 million doza “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarish uchun bor imkoniyatlarini ishga solsa, shunday natijaga erishish mumkin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, markaz tomonidan oyiga 600-700 ming doza, Binnofarm, R-Farm va Generium kompaniyalari bilan birgalikda esa taxminan 5 million doza vaksina ishlab chiqarishni rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, fuqarolar emlanmagunga qadar Rossiyada COVID-19’ga qarshi kurash va yo‘qotishlar davom etaveradi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Gamaleya instituti tomonidan yaratilgan va “Sputnik V” deb nom olgan koronavirusga qarshi ikki komponentli vaksina 11-avgust kuni vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish guvohnomasini oldi. Vaksina to‘liq samaradorlik tadqiqotini o‘tkazish sharti bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan va guvohnoma 2021-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.
Ushbu vaksina sinovining 3-bosqichini 2022-yil oxirlariga borib yakunlanishi ma’lum qilingan. 3-bosqichida ishtirok etadigan o‘n minglab ko‘ngillilarbarcha zarur muolajalarni ambulatoriya sharoitida o‘taydi.