USD 12640.21
EUR 13559.15
RUB 137.02

COVID-19

Коронавирус COVID-19 Ўзбекистонда

Инфекцияланганлар

Соғайганлар

Вафот этганлар

Article

Surxondaryo viloyati hokimi va Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi koronavirusga chalindi

  • Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov koronavirusga chalingan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

  • Xabarda aytilishicha, Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov ayni vaqtda koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda yangi taktika ishlab chiqish uchun Qoraqalpog‘istonda bo‘lib turibdi. U yerda hvoli og‘ir bemorlar holati, ularni davolash jarayonini tahlil qilish va kerakli o‘zgartirishlarni kiritish maqsadida xorijlik va mahalliy mutaxassislar va olimlar ishtirokida videokonferensiya tashkil etilgan.

  • Unda Yevropa anesteziya va intensiv terapiya jamiyatining prezidenti, Frankfurt universiteti klinikasidagi Anesteziya, intensiv terapiya va kasalliklarni davolash klinikasi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Kay Zaxarovskiy, Frankfurt universiteti klinikasining anesteziologiya, intensiv terapiya va shoshilinch tibbiyot yo‘nalishidagi mutaxassisi, tibbiyot fanlari doktori Xolger Neb ishtirok etgan.

  • Xorijiy ekspertlar va mahalliy mutaxassislar Nukus shahridagi klinikada davolanayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov va Toshkent shahrida davolanayotgan Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovning holatini tahlil qilgan.

  • “Bugungi kunda ularning holati stabil deb topildi, olib borilayotgan davolash taktikasi to‘g‘riligi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan standartlar asosida olib borilayotgani ta’kidlandi”, — deb yozadi SSV.

  • 18-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 16 068 kishida koronavirus aniqlangan. Ushbu bemorlarning 9003 nafari sog‘aygan

  • O‘zbekistonda ayni vaqtgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 81 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar qilgan. “Daryo” hisobi bo‘yicha yana 2 kishi (DXA va Madaniyat vazirligi xodimlari) kasallik qurboni bo‘lgan.

  •  

Доимо хабардор бўлинг

Барча янгиликлар сизнинг смартфонингизда Мобил иловамизни юклаб олинг