Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 27 878 kishiga, Tojikistonda esa 5338 kishiga yetdi
Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 428 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tengrinews.
Mamlakat bo‘ylab kasallar sonining ortishi 2,6 foizni tashkil etmoqda. Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi viloyatlarda aniqlangan:
Nur-Sulton shahri — 79 (2,5 foiz);
Qarag‘anda viloyati — 60 (3,5 foiz);
Turkiston viloyati — 36 (6,9 foiz);
Olmaota shahri — 34 (1 foiz);
Sharqiy Qozog‘iston viloyati — 34 (10,2 foiz);
G‘arbiy Qozog‘iston viloyati — 26 (2,4 foiz);
Shimoliy Qozog‘iston viloyati — 26 (17,8 foiz);
Chimkent shahri — 23 (1,9 foiz);
Oqmo‘la viloyati — 22 (8,4 foiz);
Kostanay viloyati — 20 (7,8 foiz);
Jambil viloyati — 19 (3,4 foiz);
Pavlodar viloyati — 12 (2,7 foiz);
Olmaota viloyati — 11 (2 foiz);
Mang‘istov viloyati — 10 (2,4 foiz);
Atirau viloyati — 7 (0,5 foiz);
Qizilo‘rda viloyati — 7 (1,3 foiz);
Aqto‘be viloyati — 2 (0,3 foiz).
Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 16 779 kishiga yetgan. Hozirga qadar 10 411 kishi sog‘aygan, 113 kishi virus qurboniga aylangan. Shuningdek, 8229 kishi koronavirusni belgisiz tashuvchi sifatida qayd etilgan.