USD 12697.00
EUR 13547.70
RUB 135.05

COVID-19

Коронавирус COVID-19 Ўзбекистонда

Инфекцияланганлар

Соғайганлар

Вафот этганлар

Article

O‘zbekistonning uchta hududida aholi orasida koronavirus aniqlandi. Kasallanganlarning umumiy soni 5920 nafarga yetdi

 

O‘zbekistonda 19-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, yana 65 kishida koronavirus aniqlandi. Mamlakat bo‘yicha koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5920 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining

1 tasi karantin markazidagi fuqarolar orasida;

36 tasi Toshkent shahrida (shundan 22 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar, 14 tasi esa aholi orasida);

12 tasi Xorazm viloyatida (shundan 11 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan, 1 tasi xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida);

8 tasi Toshkent viloyatida (shundan      6 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar, 2 tasi aholi orasida);

7 tasi Namangan viloyatida (shundan 4 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar, 3 tasi aholi orasida);

1 tasi Andijon viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 19-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 88 kishida koronavirus aniqlangandi.

Hozirda kasallikka chalingan 5920 nafar fuqarodan 4273 nafari kasallikdan sog‘aygan bo‘lsa, 19 nafari kasallik asoratlaridan vafot etgan.

Доимо хабардор бўлинг

Барча янгиликлар сизнинг смартфонингизда Мобил иловамизни юклаб олинг