USD 12855.93
EUR 13570.72
RUB 128.16

COVID-19

Коронавирус COVID-19 Ўзбекистонда

Инфекцияланганлар

Соғайганлар

Вафот этганлар

Article

Dunyodagi eng katta brilliant uzuk yaratildi

Hindistonning SWA Diamonds kompaniyasi “Ami” uzugini yaratdi. Bu so‘z sanskrit tilida “o‘lmaslik” degan ma’noni anglatadi. U Ginnesning rekordlar kitobiga rekord miqdordagi katta brilliant uzuk sifatida kiritildi.
Indoneziya, Malayziya, Yangi Zelandiya, Avstraliya kabi tropik mamlakatlarda o‘sadigan, iste’mol qilinishi mumkin bo‘lgan pushti qo‘ziqorin shaklini eslatuvchi uzukning yuza qismiga 24 679 ta brilliant qadalgan.

“Ushbu qo‘ziqorin barhayotlik va uzoq umr ko‘rish ramzidir”, — deydi SWA Diamonds boshqaruvchi direktori Abdul G‘afur Anadiyan mahsulot dizaynini tushuntirish jarayonida.
Mutaxassislar dastlab uzukning plastik prototipini yaratgan. Keyin qolip raqamli ravishda qayta shakllantirilgan. Zargarlik buyumi dizaynining yakuniy versiyasini loyihalash uchun taxminan uch oy vaqt ketgan. Mahsulotni yaratishda va brilliant uzuk qolipini yasashda 3D tizimidan foydalanilgan. Qolipga suyuq oltin quyilgan va keyin sovutib olingan. Shundan keyin suyuq oltindan 41 ta gulbarg yasalgan.

Kompaniya mutaxassislari qo‘ziqorin shaklidagi uzukning barglariga olmoslarni qo‘l mehnatida yopishtirgan. Qimmatbaho uzukning dumaloq qismi ham qisman olmos bilan qoplangan. Og‘irligi 340 gramm bo‘lgan zargarlik buyumining qiymati 95 243 dollarga teng.

Доимо хабардор бўлинг

Барча янгиликлар сизнинг смартфонингизда Мобил иловамизни юклаб олинг