"Vayron etilayotgan Arxeologik manzilgohlarni asrab qolishimiz kerak"
Arxeologik abektlarni muhafaza qilish, ulardan foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar nafaqat tarixni o’rganish, targ’ib qilish, balki o’sib kelayotgan yosh avlodni bebaho tarixiy merosni ko’z qorachig’idek asarab-avaylash, ularda milliy o’zlikni anglash tuyg’usini yanada kuchaytirish, jamiyatda yuksak ma’naviyatni teran qaror toptirishga xizmat qiladi.
Mamlakatimizda madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida rivojlantirish shunindek arxeologik obektlarni qayta tiklash va ulardan imkon qadar asl holida saqlanishini ta’minlash borasidagi keng ko’lamli say-harakatlar o’z natijasini bermoqda. Shuni alohida takidlash keraki, Respublikamizning tarixiy shaharlaridan biri hisoblangan kuhna Kesh hozirgi Shahrisabz tumanida bu sohadagi ishlarda kamchilik yaqqol ko’zga tashlanadi.
Shahrisabz tumanida joylashgan Eshonqishloq va Soybuyi qishloqlarida joylashgan Chaqaloqtepa, Qulayotgantepa, Toshtepa, G’ishtepa, nomi bilan yuritiladigan Arxeologik ahamoyatga ega obektlarga katta talofat yetkazilgan. Bu yodgorliklarni ayrimlari ruyxatga olingan ayrimlari esa yo’q. 2017-yilda arxeolog Oybek Xolmatov tomonidan amalga oshirilgan Arxeologik izlanishlar jarayonida bu yodgorliklardan son-sanoqsiz tarixiy qimmatga ega bo’lgan moddiy topilmalar qo’lga kiritilgan. Arxeologik izlanishlar faqatgina abektlarni shikastlargan qismlarida olib borilgan. Agarda yodgorliklar bekami-kust o’rganilsa Shahrisabz tarixida yangi-yangi sahifalar oshilishiga ishonchim komil.
CHAQALOQTEPA
Eshonqishloq qishlog’ining shimoliy-g’arbida yonma-yon joylashgan ikkta tepalik mavjud, shimoliy qismidgi tepalikda XX asr boshlarida chaqaloqlar dafn etilgan. Shuning uchun ham mahalliy aholi bu tepalikni Chaqaloqtepa deb atashadi. Sharqiy qismidagi tepalik esa alaqachon o’zlashtirilib, xo’jalik turak joyga aylantirilgan. Chaqaloqtepa yodgorligining tepa qismi tekislanib, juda yaxshi kayfiyat bilan dehqonchilik qilinmoqda.
2010-yil Arxeolog Oybek Xolmatov tomonidan Chaqaloqtepa manzilgohining sharqiy qismidagi xo’jalik ekinzoridan Bronza davriga oid qabr qo’rg’on topib o’rganildi. Mayt suyaklari bilan birga qatorda 20 ta kulolchilik na’munalar ham topildi. Arxeologik tadqiqot yodgorlikka zaraz yetkazmasdan, faqatgina vayron etilgan qismida olib borildi. Yodgorlik to’la-to’kis tadqiq etilsa hali ko’plab arxeologik moddiy manbalar qo’lga kiritiladi
QULAYOTGANTEPA
Eshonqishloq qishlog’ining shimoliy-sharqiy chegarasidan 1 km uzoqlikda Soybuyi qishlog’ida Qulayotgantepa mavjud. Bu yodgorlik xom g’isht ishlab chiqarish uchun xomashyo vazifasini bajarmoqda.
Hozirgi kunda yodgorlikning 40 % saqlanib qolgan. Tuman mutasaddi tashkilot xodimining pinagini ham buzishga xohishi yo’q.
Bu yodgorlik 2017-yil Arxeolog Oybek Xolmatov tomonidan o’rganildi. Yodgorlikning qulagan qismida, usha davrdaga oid yer osti yo’li topildi. Tadqiqot jarayonida juda ko’p moddiy manbalar ko’lga kiritildi. Jumladan, katta hajimdagi xumlar bo’laklari, kichik turgagi kulolchilik buyumlari va turli xildagi to’qimachilik sohasida ishlatadigan dasgohlar namunalaridan tashkil topgan.
Toshtepa yodgorligi Qulayotgantepa yodgorligidan yarim kilometr janubi-sharqda joylashgan. Bu manzilgohning shimoliy qismiga katta talofat yetkazilgan. Eliktr tarmog’ining yo’lida tutashganligi sabab yodgorlikning 4/1 qismini qirqib olishgan. Manzilgohning aynan shu qismida Arxeologik Oybek Xolmatov ko’zatuv ishlarini olib bordi. Yodgorlikning qirqma devorida arxeologik madaniy qatlam va kulolchilikda foydalanilgan tabdir qoldiqlari tadqiq etildi. Toshtepa manzilgohidan ko’plab kulolchilik na’munalari topildi.