USD 12705.00
EUR 13543.53
RUB 136.11

COVID-19

Коронавирус COVID-19 Ўзбекистонда

Инфекцияланганлар

Соғайганлар

Вафот этганлар

Article

Medvedev Rossiya va AQSh munosabatlari Sovuq urush davriga qaytganini aytdi

Medvedev Rossiya va AQSh munosabatlari Sovuq urush davriga qaytganini aytdi

Moskva va Vashington o‘rtasidagi munosabatlar Sovuq urush davriga qaytdi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik Kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev aytib o‘tdi, deb yozadi “RBK”.

“So‘nggi yillarda Rossiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar raqobatdan qarama-qarshilikka o‘tib, aslida, Sovuq urush davriga qaytdi. Sanksiyalar bosimi, tahdidlar, qarama-qarshiliklar, o‘z xudbin manfaatlarini himoya qilish — bularning barchasi dunyoni doimiy beqarorlik holatiga olib keladi”, — dedi Medvedev.

Uning fikriga ko‘ra, Rossiya bugungi kunda ham sobiq ittifoq davridagi kabi, “raqibiga tahdid bo‘yicha AQSh bilan kimo‘zar holatida”. Medvedev 1962-yildagi Karib dengizi inqirozini eslab, o‘shanda vaziyatni har ikki mamlakat rahbarlari saqlab qolgani, ular hushyorlik bilan baho berib, “murosaga erishishda donolik kerakligini” tan olganini aytdi.

“SSSR va AQSh o‘rtasida teng huquqli muloqot mavjud edi, u tahdidlar va ultimatumlar tili bilan amalga oshirilmasdi”, — dedi Medvedev.

Moskva va Vashington o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi so‘nggi marta 15-aprel kuni, Amerika prezidenti Jo Bayden Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar kiritgandan keyin yuz berdi. Yangi sanksiyalar Rossiyaning AQShdagi 2020-yilgi prezidentlik saylovlarga aralashishi AQSh hukumat idoralariga qilingan kiberhujum va Rossiyaning Afg‘onistondagi amerikaliklarga qarshi “Tolibon” jangarilari bilan til biriktirgani bilan bog‘liq. Oq uy fevral oyida Rossiyaning ushbu harakatlari uchun AQSh rasmiylari unga qarshi sanksiyalar rejalashtirayotganini aytgandi.

Shuningdek, AQSh mamlakatdan 10 nafar rossiyalik diplomat chiqarib yuborilishi haqida e’lon qildi. Polsha AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalarini qo‘llab-quvvatladi. Polsha Varshavadagi uch nafar rossiyalik diplomatni persona non grata deb e’lon qildi, ular mamlakatdan chiqarib yuboriladi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bunga xuddi shu tarzda javob qilishini ma’lum qildi.

16-aprel kuni Rossiya prezidentning yordamchisi AQSh elchisi Jon Sallivanga maslahat uchun Vashingtonga qaytib ketishini tavsiya qildi. Jon Sallivan Kremlning tavsiyalariga qaramay, mamlakatni tark etishdan bosh tortdi. Ammo keyinroq Axios nashri Davlat departamenti vakiliga tayanib, AQShning Rossiyadagi elchisi Jon Sallivan shu hafta Vashingtonga jo‘nab ketib, u yerda bir necha hafta turishi, so‘ng esa yana qaytib kelishini ma'lum qildi.

Доимо хабардор бўлинг

Барча янгиликлар сизнинг смартфонингизда Мобил иловамизни юклаб олинг