“Ilm-fanga e’tibor Yangi O’zbekiston taraqqiyoti garovi”
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev boshchiligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tizimli islohotlarning eng asosiy qismi va barcha jabhalarda ilmiy nuqtai nazar va ilm-fan yutuqlaridan foydalanish bosh mezon sifatida belgilanmoqda. 2020-yil 24-oktabr kuni xalq muhokamasiga qo’yilib joriy yilning 6-noyabr kuni qabul qilingan “O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6108-sonli farmoni mamlakatimizda ta’lim tizimini yangi bosqichga olib kiruvchi vosita desak mubolag’a bo’lmaydi.
Mazkur farmon orqali maktabgacha ta’lim tizimi, maktab ta’limi, oliy ta’lim va undan keying ta’lim qamrab olingan. Farmon doirasida ta’lim olish va ta’lim berish ishtirokchilari uchun zarur sharoitlar yaratish. Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish bu orqali hatto oliy ta’limdan keyingi talimni ko’zlab ishlar amalga oshirilishi belgilangan.
Farmonda xalq ta’limi tizimi bilan oliy ta’lim tizimi o’rtasidagi hamkorlikni jadallashtirish va bu orqali reytingi past bo’lgan maktablarni ilmiy-uslubiy jihatdan qo’llab-quvvatlash ko’zda tutilgan.
Ilm-fan sohalarida yuqori natijalarni ko’rsatgan o’quvchi va pedagog xodimlarning rag’batlantirish masalasiga tizimli va alohida yondashilgan.O’zbekiston ta’lim tizimiga horijiy mamlakatlar tajribasini keng jalb etish maqsadida horijiy davlatlar mutaxassislari ishtirokida seminar treninglar olib borish va chet davlatlarga stajrovkalarni tashkil etish ham belgilangan. Bunda mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda ta’lim standartlarini jahon tajribasidan o’tgan tizimini O’zbekiston ta’lim sohasiga olib kirish, ta’limda xususiy shaklni kengaytirish buning uchun alohida imtiyozlar ajratish muhim ahamiyat kasb etadi.
Farmonning muhum jihatlaridan biri shuki, umumta’lim maktablari o’quvchilarini (majburiy 11 yillik ta’lim doirasida) so’ngi 6 yilda olgan baholari oliy o’quv yurtiga kirishda inobatga olinishi maktablarda faqatgini oliy ta’limga kirish uchun 3 ta yoki 5 emas balki barcha fanlarni alohida e’tibor bilan o’zlashtirish uchun qo’shimch motivatsiya bo’lib xizmat qiladi.
Farmonda oliy ta’lim tizimi masalasiga alohida urg’u berilgan. Jumladan O’zbekiston oliy ta’lim muassasalarini halqaro reytingdagi kuchli 1000 talik va kuchli 500 talik ro’yxatga kirishlari har tomonlama qo’llab-quvvatlangan. Mazkur yo’lda ilmiy daraja berish vakolatlarini bosqichma-bosqich oliy ta’lim muassasalarini o’ziga o’tkazish, amaliyotga joriy qilish belgilangan.
Vatan taraqqiyoti yoshlar qo’lida ekan demak bugun ularni maktabgacha ta’limdan to oliy ta’limgacha bo’lgan davrni uzviylik bilan mustahkam zanjir kabi bunyod etishimiz zarur.
Menimcha ilmiy taraqqiyot uchun mazkur farmon yangi bir imkoniyat bo’lib xizmat qiladi. Farmonning ijrosi nainki ta’lim tizimi xodimlari balki shu yurt ravnaqiga xissa qo’shishni maqsad qilgan har-bir kishining vazifasidir shundagina biz ko’zlagan maqsadimizga erishamiz.
Maqola muallifi: Namangan davlat universiteti Tarix kafedrasi o’qituvchisi Sh.Mamadaliyev