USD 12620.09
EUR 13599.41
RUB 136.73

COVID-19

Коронавирус COVID-19 Ўзбекистонда

Инфекцияланганлар

Соғайганлар

Вафот этганлар

Article

Turkiya Ozarbayjonga yordam uchun qo‘shinlarini yuborishga tayyorligini ma’lum qildi

Boku iltimos qilsa, Turkiya “ikkilanmasdan” Ozarbayjonga askarlarini jo‘natadi va harbiy ko‘mak beradi. Bu haqda vitse-prezident Fuat O‘ktay aytib o‘tdi, deb yozadi “RBK”.

 

O‘ktayning aniqlik kiritishicha, Ozarbayjon hukumati hozircha bunday iltimos bilan murojaat qilmagan.

 

Vitse-prezident CNN Turk telekompaniyasiga bergan intervyusida, shuningdek, nizoni tartibga solish uchun tuzilib, Fransiya, Rossiya va AQSh tomonidan boshqariladigan YeXHT Minsk guruhi faoliyatini ham tanqid qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, guruh Qorabog‘ masalasini yechimsiz qoldirishga harakat qilmoqda va Armanistonni ham siyosiy, ham harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlamoqda.

 

Avvalroq Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakat aholisiga qilgan murojaatida xalqni qo‘lga qurol olib, vatanni himoya qilishga chaqirgan edi. “Asosiy maqsadimiz oxirigacha kurashish va xalqimiz manfaatlarini himoya qilishdan iborat. Bugun Ozarbayjon egallab turgan pozitsiya birinchi navbatda qo‘lga qurol olish va vatanni himoya qilishni taqozo etmoqda”, — dedi u.

 

Eslatib o‘tamiz, Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlar tinchlikka erishish uchun qilingan ikkita urinishga qaramasdan, 27-sentabrdan buyon davom etmoqda. Ozarbayjon va Armaniston 10-oktabr kuni soat 12:00 dan boshlab Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishib olgandi. Ammo shu kuni keyinroq Armaniston va Ozarbayjon Mudofaa vazirliklari bir-birini Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzishda aybladi.

 

19-oktabrda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Tog‘li Qorabog‘dagi mojaro bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini ma'lum qilgan. Keyinroq Pashinyan Tog‘li Qorabog‘da Rossiya uchun bevosita xavf soluvchi Suriya terrorchilik guruhlari jangarilari bo‘lganligi uchun Moskva u yerda aksilterrorchilik operatsiyalarini o‘tkazish uchun asosga ega ekanligini aytgan.

Доимо хабардор бўлинг

Барча янгиликлар сизнинг смартфонингизда Мобил иловамизни юклаб олинг