USD 12855.93
EUR 13570.72
RUB 128.16

COVID-19

Коронавирус COVID-19 Ўзбекистонда

Инфекцияланганлар

Соғайганлар

Вафот этганлар

Article

Armaniston hujumi oqibatida Ozarbayjonda 22 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgani, 3 ta samolyot urib tushirilgani xabar qildi

Ozarbayjonning uchta shahri — Ganji, Tartera va Goradizada Armaniston hujumi oqibatida 22 nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi, 74 kishi jarohatlandi, deb xabar berdi Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi. Avval Qorabog‘ armiyasi Ganjidagi harbiy aerodrom havo hujumiga uchraganini ma’lum qilgandi. Bokuda harbiy obyekt havo zarbasini qabul qilib olmagani, balki fuqarolik infratuzilmasiga zarar yetgani bildirilgan. Yerevan ushbu hujumlarda ishtiroki borligini inkor etmoqda. Bu haqda “Kommersant” xabar qildi.
 

 

“Armanistonning havodan fuqarolarga, fuqarolik obyektlariga atayin yo‘llagan zarbalari xalqaro huquq, jumladan, xalqaro inson huquqlari normalarining qo‘pol ravishda buzilganini anglatadi… Tinch aholiga Armaniston qurolli kuchlari tomonidan bu kabi hujumlarning davom etishi va aybsiz odamlarning qurbon bo‘lishi Armanistonning tajovuzkor siyosat olib borayotganidan darak bermoqda”,— deyiladi Ozarbayjon TIV xabarida.

 

Shuningdek, 4-oktabr kuni mustaqilligi tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi qo‘shini Ozarbayjon harbiy havo kuchlarining 3 ta samolyotini urib tushirgani va ikkita tankini yo‘q qilganini xabar qilgan. Ushbu ma’lumotni Armaniston Mudofaa vazirligining matbuot kotibi Shushan Stepanyan rasman tasdiqlagan. Boku esa o‘zi tomonidan yo‘qotishlar bo‘lgani haqidagi ushbu axborotlarni tasdiqlamagan.

 

“Soat taxminan 12:00 da janubiy yo‘nalishdagi Artsax qo‘shini raqibning uchta samolyotini urib tushirgan va ikkita tankini yo‘q qilgan”,— deb yozgan Stepanyan Facebook’dagi sahifasida.

 

Tog‘li Qorabog‘ poytaxti– Stepanakert shahridagi otishmalar davom etmoqda. Snaryadlardan biri shahardagi elektrpodstansiyasiga tushgan. Daily Storm ma’lumoti bo‘yicha, shahar hududida elektr ta’minoti butunlay o‘chgan. Armaniston mudofaa vazirligi Ozarbayjon armiyasining Tog‘li Qorabog‘dagi muhim infratuzilma obyektlariga hujum uyushtirayotganini tasdiqlagan.

 

Avvalroq mustaqilligi tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi hukumati Ozarbayjondagi harbiy obyektlarga uyushtirilgan hujumlar Stepanakert shahriga qilingan havo zarbalari uchun javob ekanini bildirgandi. Oradan bir necha soat o‘tgach respublika prezidenti Araik Arutyanyan Ganji shahridagi harbiy obyektlarga hujumni to‘xtatish haqida buyruq bergan va bu orqali tinch aholining qurbon bo‘lishining oldini olgan.

 

Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi Tog‘li Qorabog‘ hududida kuzatilayotgan to‘qnashuvlar 27-sentabrda boshlangan. Ikkala tomon nizoning boshlanishida bir-birini ayblamoqda. Qurolli harakatlarda ikki tomon ham aviatsiya, artilleriya va tanklardan foydalanmoqda va bu tinch aholi orasida ham qurbonlar bo‘lishiga olib kelmoqda. To‘qnashuv 1994-yildan beri kuzatilmagan eng qonli voqealardan biriga aylandi. Ikkala mamlakatda ham harbiy safarbarlik e'lon qilingan.

 

   

 

 

Доимо хабардор бўлинг

Барча янгиликлар сизнинг смартфонингизда Мобил иловамизни юклаб олинг