USD 12640.21
EUR 13559.15
RUB 137.02

COVID-19

Коронавирус COVID-19 Ўзбекистонда

Инфекцияланганлар

Соғайганлар

Вафот этганлар

Article

Jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashgan buyuk siymolarimiz Abdurauf Abdurahmon o‘g‘li Fitrat

U 1886-yilda Buxoro shahrida ziyoli oilasida tug‘ilgan, adibning otasi savdogarchilik bilan shug‘ullangan bo‘lib, 1918-yilgacha Qashqarda turib qoladi. Yosh Abdurauf asosan onasi Mustafo Bibi (Bibijon) tarbiyasida qoladi, undan Navoiy, Uvaysiy, Zebunniso, Bedil, Fuzuliy kabi yirik shoirlarning g‘azallarini tinglaydi.

Dastlab eski maktabda, keyinchalik, BuxorodagiMir Arab madrasasida tahsil olgan. 1902–1903-yillarda haj safariga chiqqan, uni ado etgach Arabiston, Anatoliya (zamonaviy Turkiya), Kavkazorti, Eron, Afg‘oniston, Hindiston bo‘ylab sayohat qilgan. 1906–1908-yillarda RossiyaningQozon, Nijniy Novgorod, Yaroslavl, Moskva, Petrograd shaharlarida bo‘lgan. XX asr boshlarida bujudga kelgan „Tarbiyai atfol“ jamiyati ko‘magida 1908–1913-yillarda Istanbuldagi Voizon madrasasida tahsil olgan va qizg‘in ijod qilgan.

1908–1913-yillarda Turkiya dorilfununida o‘qiyotganda uning zukko, bilimdonligi professor-o‘qituvchilarni hayratga soladi. Unga Fitrat — Donishmand taxallusini beradilar.

Fitrat o‘qishni Istanbulda davom ettirib yurgan kezlarida, hamyurtlari bilan birgalikda „Buxoro ta’limi maorif jamiyati“ni tuzgan. Bu jamiyat buxoroliklarning o‘zaro moddiy-maʼnaviy uyushmasi vazifasini bajargan hamda Buxoro va Turkiston maorifining olg‘a siljishiga doir bir qator ishlarni amalga oshirgan.

Bu davrda Turkiya „Yosh turklar“ inqilobidan mast davrni o‘z boshidan kechirardi. Turkiyadagi bunday inqilobiy muhit albatta yosh Fitratga ham ijobiy taʼsir ko‘rsatdi. U siyosat maydoniga sho‘ng‘ib ketdi. Bu yerda Fitrat Sharq adabiyoti, sanʼati, tarixini chuqur va atroflicha o‘rganadi. Ilg‘or taraqqiyparvar turk adabiyoti vakillari, turk adabiyoti orqali esa G‘arb adabiyoti bilan yaqindan tanishadi. G‘arb va Sharq xalqlari madaniyati, adabiyotlari o‘rtasidagi farqlarni o‘z ko‘zi bilan ko‘radi, uning sabablarini teranroq anglaydi.

Jadidchilik miiliy maʼrifatparvarlik harakatining tarafdori. Turkiyada oʻqigan. Inqilobga qadar Oʻrta Osiyoni Rossiyadan ozod qilinishi harakatlarida faol qatnashgan, politsiya nazorati ostida boʻlgan.

Turkiyadagi „Yosh turklar“ harakatidan ilhomlanib, Buxoroda „Yosh buxoroliklar“ partiyasini tuzgan, uning maʼnaviy rahnamosiga aylangan. Doʻsti va maslakdoshi Munzim bilan hamkorlikda buxorolik 70 nafar yosh turkistonliklarni Germaniyaning bir qator oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga yuborgan.

Fitrat vataniga qaytgach, Buxoro jadidlarining tashkilotchilaridan biri sifatida xalqni maʼrifat va madaniyatdan bahramand qilish uchun astoydil kurashdi, xususan u Buxoroning turli tumanlarida o‘qituvchilik qilib, jadidchilik g‘oyalarini keng targ‘ib etdi. 1915-yildan „Yosh buxoroliklar“ harakatining so‘l qanotiga boshchilik qildi. 1916-yilga qadar buxorolik jadidlar yakdil va yagona jabha bo‘lib ish olib borgan boʻlsalar, keyinchalik ular ikkiga bo‘linib ketadilar. Abdulvohid Burhonov boshchiligidagi jadidlarning bir qismi eski tarzda faqat maʼrifat-madaniyat tarqatish yo‘lini tutgan bo‘lsa, ularning boshqa bo‘lagi Fitrat, Fayzulla Xo‘jayev kabi chet mamlakatlarda o‘qib kelgan yoshlar omma o‘rtasida maʼrifat va madaniyat tarqatish bilan birga amirga qarshi kurashishni ham yoqlab chiqadilar. Bunday bo‘linishning asosiy sabablari:

Turkiston o‘lkasi, shu jumladan Buxoro amirligidagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyatning og‘irligi, rus podshosi va amirlikning ikki yoqlama zulmkorlik siyosati;

bolsheviklarning mahalliy xalq o‘rtasida yurgizgan tashviqot va targ‘ibotlari taʼsiriga ishonuvchanlik;

mahalliy xalq vakillarining siyosiy vakuumda saqlanganligi, ularning siyosat borasidagi g‘oyaviy-nazariy saviyasining yetarli darajada rivojlanmaganligi.

Fitrat 1917-yilgi fevral voqealaridan so‘ng jadidlarning Buxorodagi ahvoli murakkablashgach, Samarqandga ko‘chib borib 1917-yil aprelidan 1918-yil martigacha chiqib turgan „Hurriyat“gazetasiga muharrirlik qiladi (1917-yilgi 27-sonidan 1918-yilgi 87-sonigacha), gazeta ishlarini rivojlantirish maqsadida Fitrat nashriyotga O‘rta Osiyo jadidchiligining darg‘asi, muftiy Mahmudxo‘ja Behbudiyni taklif etadi. Ayrim maʼlumotlarga qaraganda Fitrat shu-yillarda „Ittihodi taraqqiy“ tashk

iloti Eski Buxoro bo‘limining raisi ham bo‘lgan.

1917-yilning oktyabr oyini „Yurt qayg‘usi“ deb baholadi. Ammo nurli kelajakdan umid uzmadi. 1917-yil 27-noyabrda eʼlon qilingan Turkiston Muxtoriyatini so‘ngsiz mehr bilan qarshi oldi. Hatto 27-noyabrni „Milliy laylatulqadrimiz“ deb atadi. Ammo uning bu quvonchi uzoqqa cho‘zilmadi, 1918-yilning 19-20 fevralida Turkiston muxtoriyatibolsheviklar va armanlarning „Dashnaksutyun“partiyasi tomonidan qonga botirildi. Bu voqea tarixda „Qo‘qon voqeasi“ nomini olgan.

1918-yil martdagi Kolesov voqeasidan keyin u Toshkentga keldi. Dastlab Xadradagi maktabda, may-iyun oylaridan boshlab Turkiston musulmon dorilfununi qoshida tashkil topgan dorulmualliminda til va adabiyotdan dars berdi. 1919-1920-yillarda Afg‘oniston AmirliginingToshkentdagi vakolatxonasida tarjimonlik qildi.

Toshkentda u asosan ilmiy, ijodiy maʼrifiy ishlar bilan ko‘proq band bo‘ldi. Bir qator darsliklar tuzdi, „Chig‘atoy gurungi“ nomli ijtimoiy-adabiy tashkilot tuzib, unda faol ishtirok etdi. 1920-yil 9-aprelda „Tong“ jurnalini tashkil etib, yosh ziyolilar avlodini millatparvarlik va vatanparvarlik ruhiyatida tarbiyalashga kirishdi. „Tong“ jurnalining shiori bo‘lgan: „Miya o‘zgarmaguncha boshqa o‘zgarishlar negiz tutmas!“ so‘zlari Fitratning shu-yillarda olib borgan faoliyatining maqsad-mohiyatini to‘la ifodalaydi. Jurnalda „Chig‘atoy gurungi“ aʼzolarining deyarli barchasi ishtirok etdi. Afsuski, jurnal ishi 3-sondan keyin to‘xtab qoldi.

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tashkil topishi bilan Fitrat 1921-yilda Buxoroga taklif qilinadi va shu-yildanoq maorif noziri vazifasida ish boshlaydi. 1922-yilda xorijiya (tashqi ishlar) noziri, Xalq xo‘jaligi Kengashi raisi, Markaziy Ijroya Qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, Xalq nozirlari sho‘rosi raisi o‘rinbosari, Hukumat plan va smeta tashkiliy hay’atining raisi, BXSR mehnat kengashining Prezidium aʼzosi va boshqa lavozimlarda xizmat qildi. U shu davrda Buxoro Xalq Sovet Respublikasimablag‘lari hisobiga 70 nafar turkistonlik istiqbolli yoshlarning Germaniyaga borib o‘qishi, BuxorodaSharq musiqasi maktabining tashkil etilishi, fan va madaniyatga doir xalq qo‘lida sochilib yotgan noyob qo‘lyozmalarni to‘plashda tashabbuskor bo‘ldi. Fitratning saʼy-harakatlari bilan Buxoro Xalq Sovet Respublikasida turk (o‘zbek) tili davlat tili deb eʼlon qilindi. Davlat teatri tashkil qilinib, bu teatrda ishlash uchun Toshkentdan Mannon Uyg‘urva Cho‘lpon, vaqf ishlarini boshqarish uchun esa Munavvar Qori Abdurashidxonov taklif etildi (1921).

Ammo 1923-yilda Yan Rudzutak boshchiligida Moskvadan kelgan komissiya Fitratni ishdan olib, Rossiyaga „chaqirib olingan“ deb eʼlon qildi va Fitrat 1923-1927-yillarda MoskvadagiSharqshunoslik instituti (1921-yilgacha Sharq tillari instituti deb nomlangan)da ishladi, ilm bilan shug‘ullandi. Leningrad Davlat universitetiningSharq fakultetida Turk, arab, fors tili va adabiyoti, madaniyatidan talabalarga dars berdi. Leningrad Davlat universiteti professorligiga saylandi. „Abulfayzxon“, „Bedil“, „Qiyomat“, „Shaytonnig Tangriga isyoni“ kabi asarlar yozib, chop ettirdi. 1927-yilning boshida Rossiyadan qaytgach, 1937-yilga qadar Samarqanddagi Oliy pedagogika instituti (hozirgi Samarqand Davlat universiteti) hamda Toshkentdagi Til va adabiyot institutidafaoliyat ko‘rsatdi. Fitrat o‘z hayoti davomida yuzlab ijtimoiy-publitsistik maqolalar, o‘nlab ijtimoiy-siyosiy va ilmiy risolalar yaratdi. U birgina Turkistonda emas, Afg‘oniston, Hindiston, Turkiya, Kavkaz, Volgabo‘yi matbuotida ham faol ishtirok etdi.

Доимо хабардор бўлинг

Барча янгиликлар сизнинг смартфонингизда Мобил иловамизни юклаб олинг