Turkiyada nima gaplar!
Bugun Turkiya superligasi 5 turidan o‘rin olgan liga debyutanti Amedspor Istanbulning Bashakshahir klubini qabul qilib yirik 5:0 hisobiga mag‘lubiyatga uchratdi. O‘yin davomida Bashakshahir safida vatandoshlarimiz Eldor Shomuradov va Abbos Fayzullayevlar ishtirok etishdi. Ushbu uchrashuvda hamyurtlarimizning statistikasiga eʼtibor bersak 6 balldan past baholangan. Undan ko‘rinib turadiki, hozirda ushbu futbolchilarimiz o‘z sport formalariga kira olishmagan. Hamyurtlarimizga keyingi o‘yinlarda omad tilab qolamiz.


