O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq “vaziyat tobora murakkablashmoqda”. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lum qilindi.

Qayd etilishicha, 8-yanvar kuni mamlakat bo‘ylab 370 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Pandemiya boshidan buyon jami kasallanganlar soni 200 mingdan oshgan

2022-yil 8-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 200341 (+369) nafarni tashkil etmoqda. Yangi kasallanish holatlarining:

  • 14 nafari Andijon viloyatida,

  • 7 nafari Buxoro viloyatida,

  • 15 nafari Jizzax viloyatida,

  • 4 nafari Navoiy viloyatida,

  • 6 nafari Namangan viloyatida,

  • 42 nafari Samarqand viloyatida,

  • 6 nafari Sirdaryo viloyatida,

  • 1 nafari Surxondaryo viloyatida,

  • 7 nafari Farg‘ona viloyatida,

  • 16 nafari Xorazm viloyatida,

  • 56 nafari Toshkent viloyatida,

  • 195 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

8-yanvar kuni:

  • Andijon viloyatida 6 nafar,

  • Buxoro viloyatida 4 nafar,

  • Jizzax viloyatida 8 nafar,

  • Qashqadaryo viloyatida 1 nafar,

  • Namangan viloyatida 7 nafar,

  • Samarqand viloyatida 40 nafar,

  • Surxondaryo viloyatida 2 nafar,

  • Farg‘ona viloyatida 9 nafar,

  • Xorazm viloyatida 8 nafar,

  • Toshkent viloyatida 14 nafar,

  • Toshkent shahrida 22 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 197073 (+121) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1494 nafarni tashkil qildi.

Shu kunlarda dunyoda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yanada murakkablashmoqda. Xususan, COVID-19 ning yangi “omikron” shtammi qator mamlakatlarda jiddiy muammolarni yuzaga keltirmoqda. Buning ortidan esa ko‘plab davlatlar keskin karantin choralarini qo‘llashga majbur bo‘lmoqda