USD 12620.09
EUR 13599.41
RUB 136.73

COVID-19

Коронавирус COVID-19 Ўзбекистонда

Инфекцияланганлар

Соғайганлар

Вафот этганлар

Article

Rossiya avtosalonlarida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Chevrolet brendi ostidagi mashinalar narxlari ma'lum qilindi!

UzAuto Motors 2020-yil 15-iyundan General Motors bilan tuzilgan kelishuv doirasida Rossiyada Chevrolet rusumli ommaviy avtomobil segmenti sotuvini boshladi. Bu haqda kompaniya tomonidan ma’lum qilindi.

Xabar berilishicha, rossiyalik xaridorlarga taqdim etiladigan ilk modellar Chevrolet Spark, Nexia va Cobalt bo‘ladi.

General Motors va UzAuto Motors tomonidan erishilgan kelishuv shartlariga ko‘ra, ushbu modellar Belarus va Qozog‘istonning eksport bozorlarida ham sotilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Chevrolet Spark 1,25 litr sig‘imli (85 ot kuchi) dvigatel va avtomatik uzatma bilan jihozlangan. Model uchta komplektatsiyada mavjud: LS AT, LT AT va LTZ AT. Narxi 719 900 rubldan (taxminan 10 284 dollar — tahr.) boshlanadi.

Shuningdek, 1,5 litr (105 ot kuchi) sig‘imli dvigateliga ega Chevrolet Nexia to‘rt komplektatsiyada taqdim etilgan: LS MT, LT MT, LT AT va LTZ AT. Narxi 699 900 rubldan (taxminan 9998 dollar — tahr.) boshlanadi.

Chevrolet Cobalt 1,5 litr sig‘imli va 106 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, to‘rt komplektatsiyada mavjud: LS MT, LT MT, LT AT va LTZ AT. Narxi 749 900 rubldan (taxminan 10 712 dollar — tahr.) boshlanadi.

Avvalroq UzAuto Motors avtomobillarini Chevrolet brendi ostida eksport qilishni boshlashi hamda Rossiya va MDH mamlakatlarida Ravon brendi ostida avtomobillar savdosi 2020-yilning o‘rtalariga kelib to‘xtashi ma’lum qilingandi. May oyining boshida Chevrolet modellarining Rossiya bozorlarida sotuvga chiqish muddati kechiktirilganixabar qilindi.

 

Доимо хабардор бўлинг

Барча янгиликлар сизнинг смартфонингизда Мобил иловамизни юклаб олинг