USD 12620.09
EUR 13599.41
RUB 136.73

COVID-19

Коронавирус COVID-19 Ўзбекистонда

Инфекцияланганлар

Соғайганлар

Вафот этганлар

Article

Doniyor G‘aniyev 2022-yil uchun Davlat budjeti loyihasi kechikayotganini ma’lum qildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyev o‘zining Telegram’dagi kanali orqali 2022-yil uchun Budjet loyihasi ishlab chiqilishi kechikayotganini ma'lum qildi.

G‘aniyevning yozishicha, Budjet kodeksining 97-moddasiga asosan, Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi va budjetnoma Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oliy Majlis palatalariga, qoida tariqasida, 2021-yilning 15-oktabridan kechiktirmay kiritilishi belgilangan. Lekin 2021-yil 9-noyabr holatiga, ya’ni belgilangan muddatdan 25 kun o‘tgan bo‘lsa-da, budjet loyihasi va budjetnoma Qonunchilik palatasiga kiritilgani yo‘q. Shuningdek, Budjet kodeksiga o‘tgan yili kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan, kelgusi yil uchun yangilangan o‘rta muddatli davr fiskal strategiyasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 15-iyuniga qadar tasdiqlanishi va tasdiqlangan fiskal strategiya ma’lumot uchun Oliy Majlis palatalariga taqdim etilishi hamda jamoatchilik uchun Moliya vazirligi veb-saytida e’lon qilinishi belgilangan.

“Belgilangan muddatdan deyarli 5 oy o‘tgan bo‘lsada, o‘rta muddatli fiskal strategiya na Oliy Majlis palatalariga kiritilgan, na Moliya vazirligi veb-saytida e’lon qilingan. O‘zi umuman, 2022-yil uchun yangilangan fiskal strategiya Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilganmi yoki yo‘q — bu ham noma’lum”, — deb yozadi deputat. Doniyor G‘aniyev 2021-yilda mamlakat prezidentligiga saylov o‘tkazilgani va g‘olib nomzod tomonidan saylovoldi dasturda ilgari surilgan masala va rejalar yangi budjet loyihasida o‘z aksini topishi nuqtai nazaridan 2022-yil uchun budjet loyihasini ishlab chiqish kechikishi tabiiy holligini qayd etgan. Lekin shunga qaramay, uning ta’kidlashicha, budjet loyihasini Oliy Majlis palatalari tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun ham yetarlicha vaqt berilishi kerak. “Garchi amalda deputatlar budjet loyihasi parametrlariga jiddiy o‘zgartirish yoki qo‘shimcha kiritolmasalar-da, lekin budjet muhokamasi uchun Budjet kodeksida belgilangandek, qoida tariqasida, Qonunchilik palatasiga ham kamida bir oy muddat qoldirilishi kerak. Umid qilamanki, budjetnomani kiritishda kechikilgan vaqt uni Oliy Majlis palatalarida ko‘rib chiqiladigan muddatni qisqartirish hisobiga qoplanmaydi”, — deya qayd etadi G‘aniyev. Ma’lumot uchun, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021-yil uchun davlat budjetini 2020-yilning dekabri oxirida tasdiqlangandi. Unga ko‘ra, 2021-yilda mamlakat iqtisodiyoti odatdagi ko‘rsatkichlariga qaytishi taxmin qilingandi — yalpi ichki mahsulot (YaIM) 688,9 trillion so‘mni, o‘sish sur’ati esa 5,1 foizni tashkil etishi kerak edi.

Доимо хабардор бўлинг

Барча янгиликлар сизнинг смартфонингизда Мобил иловамизни юклаб олинг