USD 12697.00
EUR 13547.70
RUB 135.05

COVID-19

Коронавирус COVID-19 Ўзбекистонда

Инфекцияланганлар

Соғайганлар

Вафот этганлар

Article

Italiya bosh vaziri Turkiya prezidentini diktator deb atadi! Bunga javoban Turkiya...

Italiya bosh vaziri Erdo‘g‘onni diktator deb atagach, Turkiya Italiya vertolyotlaridan voz kechdi

 

Turkiya o‘z harbiy-havo kuchlari uchun Italiyadan mashg‘ulot vertolyotlarini sotib olish bo‘yicha bitimni noma’lum muddatga to‘xtatib qo‘ydi. Bu haqda La Repubblica xabar berdi, deb yozadi“RBK”.

 

Turkiya Italiyaning Leonardo konsernidan AW169 vertolyotlarini sotib olishi, ular eski Agusta-Bell 206 vertolyotlari o‘rnini bosishi kerak edi. 70 million yevrolik shartnoma esa yaqin kunlarda imzolanishi kutilayotgan edi, ammo Anqara Italiya bosh vaziri Mario Dragining Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga nisbatan bayonoti fonida jarayonni to‘xtatib qo‘ydi.

 

Gap 7-aprel kuni Anqarada Yevrokomissiya vakillarining Turkiya yetakchisi bilan uchrashuvidan keyin yuz bergan voqea haqida bormoqda. O‘shanda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyenga o‘rindiq yetmay qolgan, shu sababli u divanga o‘tirishga majbur bo‘lgan edi, bu esa diplomatik protokol bo‘yicha uning maqomini pasaytiradi, deb yozadi gazeta.

 

Dragi ushbu vaziyatni xunuk deb atab, Yevrokomissiya rahbari duch kelgan kamsitishdan qayg‘uga cho‘mganini bildirdi. “Ularni o‘z holicha ataydigan bo‘lsak, bu diktatorlar bilan fikrlarni izhor qilishda dangal bo‘lish kerak va o‘z mamlakatimiz manfaatlari yo‘lida hamkorlik qilishga tayyor bo‘lish kerak”, — dedi Italiya bosh vaziri.

 

Uning shu so‘zlari tufayli Turkiya Rimga jami 150 million yevro keltirishi mumkin bo‘lgan bitimni to‘xtatdi. Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, bosh vazirning gaplari sababli boshqa shartnomalar ham, shu jumladan, energetika sohasidagi bitimlar ham xavf ostida qolgan.

 

La Repubblica qayd etishicha, Anqara Dragining so‘zlari uchun rasman uzr so‘ralishiga erishish maqsadida Italiya hukumatiga bosim o‘tkazish uchun mana shunday iqtisodiy vositalardan foydalanmoqda.

 

Avvalroq Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li uchrashuvda o‘rindiq yetishmay qolishi bilan bog‘liq voqea yuzasidan mamlakatga nisbatan ayblovlarni adolatsiz deb atagan edi. U Twitter’da Italiya bosh vaziri Mario Dragining Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni diktator deb atagani yuzasidan post qoldirib, Dragining bayonotini nomaqbul va populistik deb atadi, Turkiya prezidenti haqidagi gaplarini esa yaramas va asossizga chiqardi. Keyinroq Italiya elchisi Massimo Gayyani hodisa yuzasidan Turkiya tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgani xabar berildi.

Доимо хабардор бўлинг

Барча янгиликлар сизнинг смартфонингизда Мобил иловамизни юклаб олинг