USD 12689.97
EUR 13557.96
RUB 137.20

COVID-19

Коронавирус COVID-19 Ўзбекистонда

Инфекцияланганлар

Соғайганлар

Вафот этганлар

Article

Polshaga kiruvchilar uchun yangi qoida joriy etiladi

Polsha hukumati kelasi haftadan mamlakatga olib kiruvchi barcha chegaralarda koronavirus uchun topshirilgan testning salbiy natijasini talab qiluvchi qonun joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda respublika sog‘liqni saqlash vaziri Adam Nedzelskiyga tayanib “Korrespondent.net” xabarberdi.


“Mazkur qonunni shu hafta amalga kiritish haqida o‘ylayapmiz. Biz qoidalarni to‘liq ishlab chiqish, tafsilot va xizmatlarni tayyorlab qo‘yishni istaymiz, chunki bu chegara qo‘riqchilarining faoliyati qayta tiklanishini bildiradi. Chegarachilarning ta’kidlashicha, tanlangan chegara punktlarida tezkor tayyorgarlikka erishish uchun kamida 48 soat vaqt kerak. Shuning uchun o‘zgartirishlar hafta oxiriga qadar amalga oshadi, deb o‘ylayman”, — dedi vazir hamda respublikaning g‘arbiy va janubiy chegaralarida ham test o‘tkazilishini ta’kidladi.

Unga ko‘ra, test o‘tkazilmagan taqdirda respublikaga kirib kelayotgan fuqaro 10 kun davomida izolyatsiyada bo‘ladi.

Shu bilan birga, avval koronavirusga qarshi emlanganlar va bir qator kasb egalari: diplomatlar, baliqchilar, dengizchilar, yuk mashinasi haydovchilari, shifokorlar, shuningdek, talabalar va sport tadbirlari ishtirokchilari karantindan ozod qilinadi.

Avvalroq Italiyada koronavirusning yangi shtammi tufayli cheklovlar kuchaytirilgani haqida xabar berilgandi. Mamlakat bosh vaziri Juzeppe Konte Italiya ichida hududlararo harakatlanish uchun qo‘yilgan taqiq 25-fevralga qadar uzaytirilganini e’lon qilgan.

 

Shuningdek, Latviya pandemiya tufayli ikki haftaga chegaralarini yopgani haqida xabar bermoqda. Mamlakatga kirish uchun taqiq 11-fevraldan 25-fevralgacha amal qiladi.

 

Доимо хабардор бўлинг

Барча янгиликлар сизнинг смартфонингизда Мобил иловамизни юклаб олинг