USD 12620.09
EUR 13599.41
RUB 136.73

COVID-19

Коронавирус COVID-19 Ўзбекистонда

Инфекцияланганлар

Соғайганлар

Вафот этганлар

Article

Ukrainada bir kunda koronavirusdan vafot etganlar va sog‘ayganlar soni bo‘yicha rekord qayd etildi

 

Ukrainada o‘tgan bir kecha-kunduzda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 5469 ta yangi holat qayd etildi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net” Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi monitoring onlayn-xaritasiga tayanib. Bir kun avvalgi ko‘rsatkich 4766 taga teng edi.


Pandemiya boshidan buyon kasallikni yuqtirganlar soni 309 107 kishiga yetdi.

 

Kasallik oqibatida mamlakatda bugungi kungacha jami 5786 kishi vafot etgan, shundan 113 ta holat bir kecha-kunduzda qayd etilgan, bu antirekord hisoblanadi.

 

Kasallikdan 129 533 kishi sog‘aygan, bir kecha-kunduzda 3044 kishi tuzalgan, bu ham rekord ko‘rsatkichdir. Ayni paytda 173 788 kishi faol kasal holatda, bir kecha-kunduzda bemorlar soni 2312 kishiga oshmoqda.

 

Kasallanish holatlarining ko‘payishi bo‘yicha Kiyev (+462), Xarkov (+446), Dnepr (+285), Jitomir (+376), Donetsk (+256) va Poltava viloyati (+249) yetakchilik qilmoqda.

 

Avvalroq Vladimir Zelenskiy Ukrainada bir kecha-kunduzda kasallanganlar soni 9,5 ming kishidan oshsa, qat’iy cheklovlar joriy qilinishini aytdi.

 

Eslatib o‘tamiz, Ukrainada 17-oktabr kuni 6410 nafar kishida koronavirus aniqlanib, kunlik yangi antirekord qayd etilgandi.

 

Dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 40 million kishidan oshdi. Kasallanganlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinni AQSh (8,1 million kishi), undan keyingi o‘rinlarni Hindiston (7,5 million kishi) va Braziliya (5,2 million kishi) egallagan. To‘rtinchi o‘rinda Rossiya bo‘lib, 1,4 million kishi COVID-19’ga chalingani qayd etilgan.

 

Доимо хабардор бўлинг

Барча янгиликлар сизнинг смартфонингизда Мобил иловамизни юклаб олинг