USD 12865.66
EUR 13510.23
RUB 125.14

COVID-19

Коронавирус COVID-19 Ўзбекистонда

Инфекцияланганлар

Соғайганлар

Вафот этганлар

Article

“MAKTABDA PSIXOLOGIK MUHITNING SAMARALI BOSHQARUVGA TA’SIRINI OSHIRISH”

      "Kuchli liderlar o‘z odamlariga e’tibor qaratadi, chunki ular bilishadiki, odamlar jarayonlarni bajarishadi" deydi Simon Sinek. Zamamonaviy boshqaruv davrida har bir rahbar maktabda psixologik muhitning samarali boshqaruvini o’z o’rnida olib bormasa bir qator dolzarb muammolarga olib kelishi mumkin. Bularga misol tariqasida quyidagilarni keltirishimiz mumkin bo’ladi:
1. Motivatsiya va o‘qituvchilarning ishtiyoqi pasayishi:
Psixologik muhitning yomonlashuvi o‘qituvchilar va boshqa maktab xodimlarining motivatsiyasi va ishtiyoqini pasaytiradi. Bu holat o‘z navbatida darslar sifatining pasayishiga, innovatsion o‘qitish metodlarining yetishmasligiga olib keladi.
2. Stress va ruhiy siqilishning kuchayishi:
Yomon psixologik muhit o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ota-onalar o‘rtasidagi ziddiyatlarni kuchaytiradi, bu esa maktabdagi umumiy stress darajasining ortishiga sabab bo‘ladi. Bu holat pedagoglar va o‘quvchilar orasida ruhiy salomatlikka salbiy ta'sir ko‘rsatishi, stress va ruhiy siqilishning kuchayishiga olib keladi.
3. O‘qish sifati va akademik natijalar yomonlashishi:
Ijobiy psixologik muhit yo‘qligida o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishi va e'tibori kamayadi. Bu holat o‘z navbatida akademik natijalarning pasayishiga, darslardan qoniqish darajasining tushishiga olib keladi.
4. Kadrlar almashinuvining oshishi:
Samarali boshqaruvsiz va yaxshi psixologik muhit yo‘qligida maktab xodimlari tez-tez ish joylarini o‘zgartiradi. Bu esa maktabning barqaror rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi va yangi o‘qituvchilarni tayyorlashga ko‘p vaqt va resurs talab qiladi.
5. Nizo va mojarolar ko‘payishi:
Psixologik muhit yaxshi boshqarilmagan taqdirda, o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ota-onalar o‘rtasida nizo va tushunmovchiliklar ko‘payadi. Bu esa maktabda salbiy atmosfera va tarbiyaviy muammolarni keltirib chiqaradi.
6. Ijtimoiy munosabatlar va ijtimoiy ko‘nikmalarning pasayishi:
Yomon psixologik muhit o‘quvchilarning bir-birlari bilan ijtimoiy muloqot qilish imkoniyatlarini cheklaydi. Bu esa o‘quvchilarning ijtimoiy ko‘nikmalari, jamoa bilan ishlash qobiliyati va o‘zaro hurmat tushunchasining rivojlanishiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi.
7. Maktab imidji va obro‘sining tushib ketishi:
       Psixologik muhit yomon bo‘lganda, maktabning obro‘si va imidji ham pasayadi. Ota-onalar bunday muhitda farzandlarini o‘qitishni istamay qolishi, bu esa maktabga bo‘lgan ishonchning kamayishiga olib kelishi mumkin.
Maktabda ijobiy psixologik muhit yaratish va uni samarali boshqarish bu muammolarning oldini olish uchun muhimdir. Bu, o‘z navbatida, o‘quv jarayonining sifatini oshirish va umumiy maktab muhiti barqarorligini ta'minlashga yordam beradi.
         Maktabda psixologik muhitning samarali bosqaruvga ta’sirini oshirish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar turli davlat va xalqaro tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, ular ta’lim sifatini yaxshilash, o‘quvchilar va o‘qituvchilarning ruhiy salomatligini ta’minlashga qaratilgan.
        Maktabda psixolog muhitning samarali boshqaruvga ta’sirini oshirish orqali ta’lim sifatini yaxshilash quydagi ijobiy natijalarga erishish mumkin.
        O‘quvchilarning ruhiy salomatligini ta’minlanadi,psixologik muhitni yaxshilanishi o‘quv jarayoni samaradorligini oshiradi,o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasida ishonchli munosabatlarni shakllanadi, o‘qituvchilarning ish samaradorligini oshadi, har bir o‘quvchini shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishiga yordam beriladi, O‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasida jamoaviy ishlash va hamkorlik muhitini shakllanadi.
        Muammo yuzasidan xorijiy tajribalarni o‘rganilganda Finlandiya ta’lim tizimi ko‘plab sohalarda namunali deb hisoblanadi. Ular maktablarda ijobiy psixologik muhit yaratishga katta ahamiyat berishadi.Ta’lim jarayonida o‘quvchilarga bosim ko‘rsatmaslik muhim hisoblanadi. Bunda o‘quvchilarning o‘zlarini erkin va xavfsiz his qilishlari ta’minlanadi. O‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida ishonchli va samimiy munosabatlar rivojlantiriladi.

        Kanada maktablari ham psixologik muhitni yaxshilash uchun turli yo‘nalishlarda faoliyat olib borishadi. Inklyuziv ta’limda har bir o‘quvchining ehtiyojlarini inobatga olgan holda, inklyuziv ta’limni rivojlantirish.
Maktablarda professional psixologlar ishlashi, o‘quvchilarga yordam berishi yo‘lga qo‘yilgan.
         Yaponya ta’lim tizimi ham o‘zining o‘zgacha yondashuvi bilan ajralib turadi. Jamoaviy ishlarga va hamkorlikka katta e’tibot qaratiladi, bu esa o‘quvchilar o‘rtasida ijobiy munosabatlarni shakllantiradi. Madaniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarga tarbiya beriladi.
         Avstraliyada ham psixologik muhitni yaxshilash uchun turli choralar ko‘riladi. Maktablarda zo‘rovonlikka qarshi kurashish va uning oldini olish katta e’tibor qaratiladi. Jismoniy faollik va sog’lom ovqatlanishga yo‘naltirilgan dasturlar ishlab chiqiladi.
        AQSH da maktablarda psixologik muhitni yaxshilash uchun bir qator yondashuvlar mavjud. Psixologik va emotsional salomatlikni yaxshilashga yo‘naltirilgan dasturlar joriy etilgan.Maktablarda professional maslahatchilar orqali o‘quvchilarga yordam beriladi.
         Rivojlangan davlatlar  tajribasidan kelib chiqib bugungi kun rahbarning psixolog va lider o‘qituvchilar bilan birgalikda ishlab chiqqan psixologik muhitni yaxshilash uchun aniq mexanizmi bo‘lishi, psixolog bilan birgalikda ruhiyatida o‘zgarishi bor o‘qituvchilarni kunlik aniqlash, ularga aniq loyiha, amaliy ish, seminar mashg‘ulotlari o‘tkazishga undash, shu bilan birgalikda mavjud resurs va imkoniyatlar berish lozim bo’ladi.


 Maqola tayyorladi:       A.Xoliqov

Доимо хабардор бўлинг

Барча янгиликлар сизнинг смартфонингизда Мобил иловамизни юклаб олинг