USD 12694.97
EUR 14878.50
RUB 161.60

COVID-19

Коронавирус COVID-19 Ўзбекистонда

Инфекцияланганлар

Соғайганлар

Вафот этганлар

Article

Kecha Navbahor Mashʼalni tor-mor etdi!


Superliganing 14-turidan oʻrin olgan bahsda Navbahor oʻz maydonida “Mashʼal”ni qabul qildi. Mazkur oʻyinda Navbahor raqibga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi va yirik – 6:0 hisobida gʻalaba qozonishdi.
Taʼkidlash joizki, Navbahor ushbu uchrashuv taqdirini 1-boʻlimdayoq Alisher Odilov, Ruslanbek Jiyanov, Zabihillo Oʻrinboyev va Abbosjon Gʻulomovning gollari evaziga deyarli hal qilib qoʻyishgandi.
Sergey Lushan shogirdlari 2-boʻlimda ham hujumni susaytirishmadi. Natijada yarim himoyachi Abbosjon Gʻulomov ikkinchi 45 daqiqalikda ham gol urib, ushbu oʻyinda “dubl”ga erishgan boʻlsa, zaxiradan maydonga tushgan braziliyalik hujumchi Augusto Pedro ham uchrashuv yakunlanishiga sanoqli daqiqalar qolganida gol urib, yakuniy hisobning 6:0 koʻrinish olishini taʼminladi.
Aytish lozimki, mazkur bellashuvda mahoratli yarim himoyachi Ruslanbek Jiyanov bitta gol urgan holda, 3 ta golga assistentlik qildi.
Ushbu ajoyib zafardan soʻng, Navbahor ochkolari sonini 26 taga yetkazgan holda, turnir jadvalida 3-oʻringa koʻtarildi.

Доимо хабардор бўлинг

Барча янгиликлар сизнинг смартфонингизда Мобил иловамизни юклаб олинг