USD 12875.06
EUR 13406.80
RUB 124.75

COVID-19

Коронавирус COVID-19 Ўзбекистонда

Инфекцияланганлар

Соғайганлар

Вафот этганлар

Article

2025-yil uchun mehnat shartnomalarida maoshning minimal summasi belgilandi

Avvalroq Liga hamda Uyushma mazkur masalada Assotsiatsiyaga murojaat qilgan bo‘lib, to ish ko‘rib chiqilguniga qadar Liga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining besh barobarigacha bo‘lgan mehnat shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazmaslikka qaror qilgandi.   
12-dekabr kuni uch tashkilot ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda 2025-yilgi mavsumda klub va futbolchi o‘rtasida imzolanadigan mehnat shartnomalarida ko‘rsatiladigan ish haqining minimal summasi masalasida kelishuvga erishildi. Qaror 13-dekabr kuni O‘FA birinchi vitse-prezidenti tomonidan imzolandi.
Kelishuvga ko‘ra, Superliga va ayollar Oliy ligasi ishtirokchisi bo‘lgan klub o‘z futbolchisi bilan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining to‘rt barobaridan kam bo‘lmagan summada mehnat shartnomasi imzolagan taqdirdagina, mazkur shartnoma Liga ro‘yxatidan o‘tkazilishi belgilandi. Ya’ni, Superliga va ayollar Oliy ligasida maydonga tushadigan futbolchi va klub o‘rtasida eng kamida 4 mln 620 ming so‘m oylik maosh ko‘rsatilgan mehnat shartnomasi tuzilishi kerak bo‘ladi.
Proliga va ayollar Birinchi ligasida esa minimal summa mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining ikki barobaridan kam bo‘lmagan holatda etib belgilandi. Ya’ni, Proliga yoki ayollar Birinchi ligasi ishtirokchisi bo‘lgan klub va futbolchi o‘rtasida eng kamida 2 mln 310 ming so‘m oylik maosh ko‘rsatilgan mehnat shartnomasi tuzilishi talab etiladi.
O‘zbekiston Respublikasida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori o‘zgarsa, shu kundan boshlab imzolanadigan mehnat shartnomalari uchun minimal summa ham o‘zgarib boradi. Shuningdek, bunga qadar Liga ro‘yxatidan o‘tkazilgan va shartnomada ko‘rsatilgan summa mazkur qarordagi minimal summadan kamroq bo‘lgan mehnat shartnomalariga klub tomonidan o‘zgartirish kiritiladi. 
Assotsiatsiya, Liga hamda Uyushma “Futbolchilar maqomi va transferi bo‘yicha reglament”dagi professional va havaskor futbolchilar maqomi, mashg‘ulot kompensatsiyalari va ularni to‘lash tartiblarini qayta ko‘rib chiqib, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi. Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori masalasi mazkur o‘zgarishlar asosida 2025-yilgi mavsum so‘ngida qayta ko‘rib chiqiladi.

Доимо хабардор бўлинг

Барча янгиликлар сизнинг смартфонингизда Мобил иловамизни юклаб олинг