USD 12620.01
EUR 13522.34
RUB 135.74

COVID-19

Коронавирус COVID-19 Ўзбекистонда

Инфекцияланганлар

Соғайганлар

Вафот этганлар

Article

Buni eng irodasizlar ham eplay oladi: Allen Karrning chekishni tashlashda yordam beruvchi “Kashandalikdan qutulishning oson yoʻli” kitobi oʻzbek tilida chop etildi.

Dunyoda har yili 4 milliondan ortiq odam sigaret chekishi tufayli vafot etadi. Bu giyohvandlikdan oʻladiganlar va urushlarda halok boʻladiganlar sonidan ham bir necha barobar koʻp. Shunga qaramay, nega chekuvchilar — oʻsmirlardan tortib qariyalargacha — bila turib bu zararli odatni tashlay olmaydi?

Odatda bunga sabab qilib tananing nikotinga qaram boʻlib qolishi koʻrsatiladi. Ammo chekish jismoniy emas, balki psixologik tobelikdir. „Kashandalikdan qutulishning oson yoʻli” kitobi chekishni tashlashning psixologik tomonlarini ochib beradi. Unda quruq qoʻrqitish va targʻibot emas, balki yillar davomida sinalgan samarali maslahatlar jamlangan.

Ushbu kitob nomiga mos ravishda chekishdan oson qutulish sirlari haqida. Muallif iroda kuchiga tayanadigan anʼanaviy usullarga qarshi chiqib, oʻz usulini fikrlash tarzini tubdan oʻzgartirish asosida shakllantiradi. “Kashandalikdan qutulishning oson yoʻli” kitobxonlarga chekishni tashlashga qurbonlik emas, balki ozodlik sifatida qarashga imkon beradi.

Muallifning oʻzi ham kitob yozishidan avval 33 yil davomida sigaretga qaram boʻlgan. U oʻzi taklif etayotgan yoʻl bilan kuniga 60-100 dona sigaret tutatishdan butunlay chekmaslik darajasiga kela oladi. Soʻng amalda ish bergan barcha tavsiyalarni jamlab, chekishni tashlashning oson yoʻlini bir kitobga aylantiradi. Bu usul hozirgacha 50 million insonga sigaretga qaramlikdan qutulishga yordam bergan.

Kitobning eng muhim 2 afzalligi:
Ogʻriqsiz qutulish:
Kitob sababli chekishdan ogʻriqsiz va ruhiy qiyinchiliklarsiz xalos boʻlish mumkin.
Uzoq muddatli muvaffaqiyat: Kitobdagi usullar chekishdan bir urinishda butunlay voz kechishga yordam beradi.

“Kashandalikdan qutulishning oson yoʻli” bir necha yillik chekuvchilardan tortib havaskorlargacha boʻlgan odamlarga chekishni tashlashda qo‘l keldi. Kitobda chekishni iroda kuchidan foydalanmasdan tashlashning yoʻli koʻrsatilgan. Bu usul ogʻriqsiz, arzon va psixologik jihatdan samarali ekanligi millionlab insonlar tajribasida isbotlangan.

Chekishning global epidemiyasi salomatlik va farovonlikka jiddiy zarar yetkazishda davom etar ekan, sigaretni tashlashning samarali usuliga boʻlgan ehtiyoj hech qachon bu qadar dolzarb boʻlmagan. Bu kitob bilan Allen Karr qaramlikdan qutulish va sogʻlom hayotga qaytish yoʻlini koʻrsatib beradi. Oʻzi kashandalikdan samarali qutulgan muallif yana minglab insonlarga yordam berishi shubhasiz.

Kitob “Asaxiy Books” va “Xalq banki” hamkorligida chop etilgan. Bank koʻmagi jamiyat uchun yana bir foydali kitob chiqishida muhim rol oʻynadi. Kitobni tayyorlashda tarjimon, muharrirlar, korrektorlardan iborat mutaxassislar jamoasi ishlagan. Matn sakkiz bosqichli sifat nazoratidan oʻtgan va qattiq muqovada chop etilgan.

“Kashandalikdan qutulishning oson yoʻli” kitobi hozirda www.asaxiy.uz internet doʻkonida sotilmoqda va Oʻzbekistonning istalgan hududiga yetkazib beriladi.

Kitob haqida ma’lumot va buyurtma uchun: https://asaxiy.uz/u/6613cf874a5f8 

www.asaxiy.uz saytida kitoblardan boshqa maishiy texnika, elektronika vositalari, kompyuter jihozlari, smartfonlar va gadjetlar ham sotuvda mavjud. Qulaylik uchun onlayn muddatli to‘lov xizmati ham yo‘lga qo‘yilgan.

 

Доимо хабардор бўлинг

Барча янгиликлар сизнинг смартфонингизда Мобил иловамизни юклаб олинг