USD 12697.00
EUR 13547.70
RUB 135.05

COVID-19

Коронавирус COVID-19 Ўзбекистонда

Инфекцияланганлар

Соғайганлар

Вафот этганлар

Article

Alisher Usmonov nafaqaga chiqishini ma’lum qildi

Milliarder Alisher Usmonov nafaqaga chiqishi sababli uni Rossiya sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi (RSTI) boshqaruvi byurosi a’zoligidan chiqarib yuborishni so‘radi. Bu haqda RBK xabar berdi.


Usmonovning RSTI rahbari nomiga yozgan bayonotida, u “nafaqaga chiqishi va faol mehnat faoliyatidan uzoqlashishi munosabati bilan” byuro a’zoligidan ozod etilishini so‘ragan. Bayonot surati BRIEF Telegram kanalida e’lon qilingan.
RBK suhbatdoshi hujjatning haqiqiyligini tasdiqlagan. 25-yanvar kuni kasaba uyushma byurosining yig‘ilishi bo‘lib, unda Usmonovning arizasi ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan. RSTI vakili bunga izoh berishdan bosh tortgan.
Usmonov USM guruhining asoschisi va eng yirik aksiyadori (49 foiz) hisoblanadi. U Forbes talqini bo‘yicha rossiyalik eng boy milliarderlar ro‘yxatida yettinchi o‘rinni egallaydi. Tadbirkorning boyligini 11,5 milliard dollarga baholagan.
Usmonov 2022-yil fevralidan beri Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida qolmoqda, AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya va Yaponiya ham unga qarshi sanksiyalar joriy etgan. U umumiy yurisdiksiya sudida Yevropa sanksiyalariga e’tiroz bildirishga urinmoqda: tadbirkor suddan apellyatsiya bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmaguncha sanksiyalarni to‘xtatib turishni so‘ragan.

Доимо хабардор бўлинг

Барча янгиликлар сизнинг смартфонингизда Мобил иловамизни юклаб олинг