JCH—2022 vaqtida yana bir jurnalist vafot etdi
Qatardagi o‘tayotgan futbol bo‘yicha JCH—2022 musobaqasida yana bir jurnalist vafot etdi.
Chempionat o‘yinlarini yoritib borayotgan mahalliy fotograf Xolid al-Misslamning vafot etganini Qatarning Alkass telekanali matbuot xizmati tasdiqladi.
Avvalroq Niderlandiya va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv vaqtida amerikalik jurnalist Grant Uol vafot etgani xabar qilingandi.