USD 12768.30
EUR 13960.86
RUB 131.15

COVID-19

Коронавирус COVID-19 Ўзбекистонда

Инфекцияланганлар

Соғайганлар

Вафот этганлар

Article

COVID-19 ning yangi to‘lqini boshlanayotgani ma’lum qilindi

Isroil koronavirus infeksiyasining yangi to‘lqini yoqasida, deya ma’lum qildi mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh direktori Naxman Esh 103 FM radiosida.
 


Eshning ta’kidlashicha, Sog‘liqni saqlash vazirligi kasallanishlar sonining sezilarli o‘sayotganini, shuningdek, kasallikning og‘ir holatlari va kasalxonaga yotqizishlar soni ortayotganini aniqlagan.

 

“Fikrimcha, buni yangi to‘lqin deb atash mumkin”, — dedi u va kasallanishning ko‘payishiga BA.5 koronavirusining omikron shtammi subvarianti sabab bo‘layotganini qo‘shimcha qildi.

 

Shu bilan birga, Eshning ta’kidlashicha, Sog‘liqni saqlash vazirligi buning ortidan yangi cheklovlar joriy qilmoqchi emas, faqatgina yopiq jamoat joylarida niqob taqish talabini qayta qo‘llash imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.

 

“Ushbu variant juda yuqumli bo‘lsa ham yopilish yoki shunga o‘xshash cheklovlar uchun o‘rin yo‘q”, — dedi u.

 

Isroil Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 13-iyun kuni mamlakatda aprel oyidan beri birinchi marta 7000 dan ortiq yangi COVID-19 holati aniqlangan. May oyining oxiridan boshlab kasallanishlar soni o‘sishni boshlagan. O‘tgan sutka davomida mamlakatda 4,9 mingdan ortiq kishida infeksiya qayd etilgan bo‘lib, ulardan 158 nafari og‘ir ahvolda, bu bir hafta avvalgiga nisbatan 125 foizga ko‘pdir.

 

Доимо хабардор бўлинг

Барча янгиликлар сизнинг смартфонингизда Мобил иловамизни юклаб олинг