USD 12875.06
EUR 13406.80
RUB 124.75

COVID-19

Коронавирус COVID-19 Ўзбекистонда

Инфекцияланганлар

Соғайганлар

Вафот этганлар

Article

Toshkent shahrida so‘nggi ikki haftada aholi orasida 482 kishida koronavirus aniqlandi. 57 holatda virusni yuqtirish manbasi noma’lum

Toshkent shahrida so‘nggi ikki haftada aholi orasida aniqlangan koronavirusga chalinish holatlarining 57 tasida virusni yuqtirish manbasi noma’lum qolmoqda. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida 16-iyun, seshanba kuni xizmat ko‘rsatish va ichki turizm sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Tadbir avvalida davlat rahbari koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga to‘xtalib, oxirgi paytda mamlakatda bu kasallikka chalinganlar soni oshgani, eng yomoni, aholi o‘rtasida ham ko‘plab ro‘y berayotganiga e’tibor qaratdi.

Jumladan, Toshkent shahrida so‘nggi ikki haftada kasallangan 551 nafar fuqarodan 482 nafari aynan aholi orasidan aniqlangan. 57 holatda virusni yuqtirish manbasi noma’lum qolmoqda. Toshkent, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida ham shunday xavotirli holat kuzatilmoqda.

“Bularning barchasi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tobora murakkab tus olayotganini ko‘rsatib turibdi. Bugun pandemiyaga qarshi kurashishda hushyorlik va mas’uliyatni o‘n karra oshiradigan yangi bosqich boshlanmoqda, desak to‘g‘ri bo‘ladi. Qanchalik qiyin bo‘lmasin, bu bosqichda karantin qoidalariga qat’iy amal qilishimiz shart. Har bir ishimizni ehtiyotkorlik bilan, oqibatini puxta o‘ylab, nafaqat o‘zimiz, balki oilamiz va farzandlarimiz oldidagi mas’uliyatni chuqur his etib bajarishimiz kerak. Aks holda, barcha sa’y-harakatlarimiz yo‘qqa chiqishi hech gap emas. Ishonchim komil, ancha bilim va tajriba orttirgan, bag‘rikeng va matonatli xalqimiz bu bosqichdan ham, albatta, munosib o‘tadi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Respublika maxsus komissiyasiga o‘z faoliyatini qayta boshlayotgan korxona va tashkilotlar, bozor va savdo majmualarida dezinfeksiya ishlari hamda sanitariya nazoratini kuchaytirish, ommaviy axborot vositalari orqali aholi va mehnat jamoalari orasida tushuntirish ishlarini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Aholiga xizmat ko‘rsatadigan, ular bilan bevosita muloqotda bo‘ladigan barcha muassasalar xodimlarini koronavirus bo‘yicha muntazam testdan o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.

Ma’lumot uchun, aholi orasida koronavirusga chalinish holatlari soni 15-iyun kuni 29 tani, 14-iyun kuni 27 tani, 13-iyun kuni 5 tani, 12-iyun kuni 26 tanitashkil qildi. O‘zbekistonda pandemiya boshidan buyon kasallik aniqlanishi bo‘yicha eng yuqori kunlik ko‘rsatkich 7-iyun kuni qayd etildi, shu kuni 237 kishida kasallik aniqlandi.

 

Доимо хабардор бўлинг

Барча янгиликлар сизнинг смартфонингизда Мобил иловамизни юклаб олинг