USD 12620.09
EUR 13599.41
RUB 136.73

COVID-19

Коронавирус COVID-19 Ўзбекистонда

Инфекцияланганлар

Соғайганлар

Вафот этганлар

Article

Maktablarga qishki ta’tilning uzaytirilishi yozgi ta’tilga ta’sir ko‘rsatadimi?

Maktablarga qishki ta’tilning uzaytirilishi yozgi ta’tilga ta’sir ko‘rsatadimi?

 

 

Xalq ta’limi vazirligi umumta’lim maktablarda qishki ta’tilning 24-yanvarga qadar uzaytirilishi sabab yuzaga kelayotgan muhim savollarga javob berdi.

 

Xususan, ta’til kunlari tugagunga qadar o‘quvchilarni bevosita maktablarda tashkil etiladigan to‘garaklar, shuningdek, “Barkamol avlod” bolalar maktablarining tarmoq to‘garaklari va har qanday tadbirlarga jalb etish taqiqlanadi.

 

Ushbu vaqt davomida o‘qituvchilar maktabda xalqaro standartlar asosida ishlab chiqarilgan Milliy o‘quv dasturlari asosida malakalarini oshirish kurslarida qatnashishlari talab etiladi hamda onlayn ravishda turli to‘garaklar va tanlovlar tashkil etish tavsiya etiladi.

 

Bundan tashqari, 10-yanvardan boshlab respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Umid nihollari-2022” sport musobaqalarining tuman va shahar bosqichlarini o‘tkazish to‘xtatilgan.

 

O‘quvchilarning qishki ta’til kunlari ikki haftaga uzaytirilgani sababli 3-chorak o‘quv kunlari 1-4-sinflarda — 9 kun, 5-11-sinflarda — 11 kunga qisqardi. Shu munosabat bilan, sinf jurnallariga 24-yanvardan boshlab taqvim-mavzu reja asosida tegishli mavzular qayd etiladi, shuningdek, fan o‘qituvchilari tomonidan taqvim-mavzu rejada 2022-yilning 11–22-yanvar kunlariga to‘g‘ri kelgan mavzular o‘quv yilining 3-choragi davomida tig‘izlashtirib o‘tiladi va tig‘izlashtirilgan mavzular sinf jurnallarida qayd etiladi.

 

Vazirlikning ma'lum qilishicha, qo‘shimcha ta’til davridagi darslar (mavzular) chorak boshlanganidan so‘ng darslarga qo‘shib, tig‘izlashtirilgan holda o‘tiladi, shu bois ushbu qo‘shimcha ta’til kunlari boshqa ta’tillarga, xususan, yozgi ta’tilga ta’siri bo‘lmaydi.

 

Eslatib o‘tamiz, OTM talabalari, akademik litsey va hunar maktablari o‘quvchilari uchun qishki ta’til muddati ham 24-yanvargacha uzaytirilgandi. Shundan so‘ng, O‘zbekistondagi maktablarda ham qishki ta’til 24-yanvargacha uzaytirildi. Shuningdek, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi O‘zbekistonda nodavlat ta’lim tashkilotlarida ham qishki ta’til muddatini 2022-yil 24-yanvarga qadar uzaytirish maqsadga muvofiqligini ma'lum qildi. Bunda, qishki ta’til davrida o‘quvchilarga oziq-ovqat berilmasligi hamda boshqa sarf-xarajatlar qilinmasligini inobatga olgan holda ularning ota-onalaridan shu muddatlar uchun to‘lov undirilmasligi tavsiya etilgan.

Доимо хабардор бўлинг

Барча янгиликлар сизнинг смартфонингизда Мобил иловамизни юклаб олинг