USD 12620.09
EUR 13599.41
RUB 136.73

COVID-19

Коронавирус COVID-19 Ўзбекистонда

Инфекцияланганлар

Соғайганлар

Вафот этганлар

Article

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 13 872 kishiga, Qirg‘izistonda esa 2166 kishiga yetdi

Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 314 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tengrinews.

Mamlakat bo‘ylab kasallar sonining ortishi 2,3 foizni tashkil etmoqda. Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi viloyatlarda aniqlangan:

Qarag‘anda viloyati — 52 (4 foiz);

Nur-Sulton shahri — 50 (1,9 foiz);

Aqto‘be viloyati — 48 (10,8 foiz);

Olmaota shahri — 48 (1,6 foiz);

Chimkent shahri — 29 (2,8 foiz);

Olmaota viloyati — 20 (4,3 foiz);

G‘arbiy Qozog‘iston viloyati — 15 (1,7 foiz);

Atirau viloyati — 14 (1,1 foiz);

Mang‘istov viloyati — 11 (3,1 foiz);

Sharqiy Qozog‘iston viloyati — 9 (4,2 foiz);

Jambil viloyati — 5 (1,1 foiz);

Turkiston viloyati — 4 (1 foiz);

Shimoliy Qozog‘iston viloyati — 4 (5,6 foiz);

Aqmo‘la viloyati — 2 (1,1 foiz);

Pavlodar viloyati — 2 (0,7 foiz);

Kostanay viloyati — 1 (0,5 foiz).

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 13 872 kishiga yetgan. Hozirga qadar 8593 kishi sog‘aygan, 67 kishi virus qurboniga aylangan. Shuningdek, 2529 kishi koronavirusni belgisiz tashuvchi sifatida qayd etilgan.

Mavzuga doir: JSST koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq vaziyat yomonlashayotganini ma’lum qildi

Qirg‘izistonda 12-iyun holatiga ko‘ra, yana 37 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Koronavirusga chalingan yangi kasallarning 19 nafari Bishkek shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, quyidagi hududlarda ham koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yangi holatlar qayd etilgan:

Chuy viloyati — 13,

O‘sh viloyati — 2;

Botken viloyati — 2;

O‘sh shahri — 1.

Kasallanish bo‘yicha yangi qayd etilgan holatlar orasida olti nafar tibbiyot xodimi ham bor.

Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanganlar soni 2166 kishiga yetdi, ularning 26 nafari virus qurboniga aylangan. Hozirga qadar 1668 nafar bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Afg‘onistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 748 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tolo News.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 22 890 kishini tashkil etmoqda.

O‘tgan bir sutka davomida poytaxt Kobul shahrining o‘zida 311 kishida koronavirus aniqlangan.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirus oqibatida vafot etganlarning jami soni 426 kishiga yetdi, hozirga qadar 3326 bemor davolanishga muvaffaq bo‘ldi. Ta’kidlanishicha, bugungi kungacha koronavirusga qarshi 52,5 mingdan ortiq test o‘tkazilgan.

Доимо хабардор бўлинг

Барча янгиликлар сизнинг смартфонингизда Мобил иловамизни юклаб олинг